Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


Mediasavodxonlik nima uchun kerak?



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88
2-son qushimcha

Mediasavodxonlik nima uchun kerak?
Avvalo:
• 
huquqiy demokratik jamiyatimizning to‘laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirila
-
yotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushunish

OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko‘nik
-
malarini shakllantirish;

axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyatda 
to‘g‘ri qaror qabul qilish;

insonning vizual obrazlar ta’siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishlarini tahlil 
eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko‘rinmas ma’lumotlarni “o‘qiy olish”;

OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish
Axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilyapti, kimning man
-
faatlarini o‘zida aks etayapti, degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir. Media 
savodxonlik tushunchasi borasida turli xil fikrlar mavjud bo‘lib, AQShning Jamiyat xu
-
susidagi xalqaro ensiklopediyasida qayd etilishicha, ‘‘Media savodxonlik’’ (media lite
-
racy) inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli 
bo‘lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamo
-
naviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir.
Axborot savodonligi o‘z ichiga quyidagi ko‘nikmalarni oladi:
• axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va anglash: menga nima kerak? Qanday 
muammoni hal qilishga urinyapman? 
• axborot manbalarini aniqlash: qaysi axborot manbalaridan foydalangan ma’qul: 
Internet ma’lumotlari, kitoblar yoki televideniyedanmi? Birlamchi, ikkilamchi yoki uch
-
lamchi manbalarning qaysi biridan foydalanish kerak? 
• axborot manzilini aniqlash va izlash: axborotni qayerdan izlagan ma’qul? Yor
-
dam olish uchun kimga murojaat qilish kerak? 
• axborot sifatini tahlil qilish va uni baholash: axborotning ishonchliligi va haqqo
-
niyligini aniqlash. 
• axborotni saralash, saqlash va arxivlash: bir nechta axborot manbalaridan olin
-


15
gan axborotni qanday qilib samarali tashkil etish mumkin? 
• axborotdan etikaga (odob-axloq me’yorlariga) rioya qilgan holda samarali foyda
-
lanish: Axborot yaratuvchilarining mualliflik xuquqlari buzilmasligi uchun qanday hara
-
kat qilishim kerak? 
• yangi bilimlarni yaratish va ulashish: axborotni qanday taqdim etish mumkin? 
Axborot borasida savodxon inson axborot izlash jarayonini o‘z vaqtida to‘xtati-
shni ham biladi. Mavjud barcha ma’lumotlarni to‘plab bo‘lmaydi. Axborot borasida sa
-
vodxonlik yetarli darajada ma’lumot to‘plangan va hali qayta ishlanmagan ma’lumot 
manbalari ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, olingan yangi ma’lumot o‘zlashtirilmaydigan, 
to‘yinish nuqtasiga erishilgan paytni aniqlash imkoniyatini beradi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki,
 
ko‘ngilochar funksiyani amalga oshirish bi
-
lan bir qatorda mediamadaniyat tarbiya va ta’lim beradi, medialar olami haqidagi bilim 
va tasavvurlarimizni boyitadi, kengaytiradi. Shaxsiy his-tuyg‘ularimizga qo‘shimcha 
ravishda kitob, fotosurat, gazeta, jurnallar, radio va televideniye, Internet hatto eng 
kichik yoshdagi bolalarga ham katta hajmdagi axborotni taqdim etadi. O‘zbekistondagi 
uzluksiz ta’lim tizimida medianing o‘rni katta. Media savodxonlik – media funksiyalarini 
tushunish, mazkur funksiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o‘z-o‘zini ifoda 
etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional 
hamkorlikka kirishishga urg‘u berish hisoblanadi. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin