15
gan axborotni qanday qilib samarali tashkil etish mumkin?
• axborotdan etikaga (odob-axloq me’yorlariga) rioya qilgan holda samarali foyda
-
lanish: Axborot yaratuvchilarining mualliflik xuquqlari buzilmasligi uchun qanday hara
-
kat qilishim kerak?
• yangi bilimlarni yaratish va ulashish: axborotni qanday taqdim etish mumkin?
Axborot borasida savodxon inson axborot izlash jarayonini o‘z vaqtida to‘xtati-
shni ham biladi. Mavjud barcha ma’lumotlarni to‘plab bo‘lmaydi. Axborot borasida sa
-
vodxonlik yetarli darajada ma’lumot to‘plangan va hali qayta ishlanmagan ma’lumot
manbalari ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, olingan yangi ma’lumot o‘zlashtirilmaydigan,
to‘yinish nuqtasiga erishilgan paytni aniqlash imkoniyatini beradi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki,
ko‘ngilochar funksiyani amalga oshirish bi
-
lan bir qatorda mediamadaniyat tarbiya va ta’lim beradi, medialar olami haqidagi bilim
va tasavvurlarimizni boyitadi, kengaytiradi. Shaxsiy his-tuyg‘ularimizga qo‘shimcha
ravishda kitob, fotosurat, gazeta, jurnallar, radio va televideniye, Internet hatto eng
kichik yoshdagi bolalarga ham katta hajmdagi axborotni taqdim etadi. O‘zbekistondagi
uzluksiz ta’lim tizimida medianing o‘rni katta. Media savodxonlik – media funksiyalarini
tushunish, mazkur funksiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o‘z-o‘zini ifoda
etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional
hamkorlikka kirishishga urg‘u berish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: