117
kuri rivojlanishiga yordam beradi, tasavvurlarini rivojlantiradi va chiniqtiradi.
O‘yinlar davomida bolalar rollarni o‘z zimmalariga oladilar (ya’ni ular o‘zlarini
bosh qa odam sifatida namoyon qiladilar), rolning mantig’iga binoan har xil harakatlarni
bajaradilar va olingan rolning tabiatiga zid bo‘lgan boshqa harakatlarni to‘xtatadilar.
Bu bolalarning xayolotini rivojlantirishga yordam beradi, ularning irodasini chiniqtiradi,
natijada bolalar ixtiyoriy xulq va birgalikdagi faoliyat ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Syujetli va rolli o‘yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini aniqlashti
-
radi va chuqurlashtiradi, bilimlarini kengaytiradi. O‘yinda bolalarning amaliy kundalik
hayotida yuzaga kelmaydigan va ularning bilimlarini, nutqiy zaxirasini va so‘zlarning
ma’nosini kengaytirishing mumkin bo‘lgan holatlari yaratiladi. Ushbu o‘yinlar davomida
bola dunyoni o‘rganadi.
Syujetli va rolli o‘yinlar hayvonlarga, kitobga bo‘lgan qiziqishni va ishtiyoqni, o‘rga
-
nishga, ishning har xil turlariga qiziqishni, mehnat odamlariga hurmatni, mehnat qilish
qobiliyatini va istagini rivojlantiradi. Ushbu o‘yinlar davomida bolalar ijtimoiy xulq-atvor
qoidalarini o‘rganadilar, kundalik hayotda o‘zini tutish normalarini o‘zlashtiradilar.
Syujetli va rolli o‘yinlari jarayonidagi qo‘shma faoliyat bolalar o‘rtasida do‘stona,
o‘rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi. Bolaga o‘yinda o‘rtoqlar zarur
– unga kimnidir davolashi, yuvintirishi, o‘qitishi, dalahovliga olib borishi, kimdir uchun
kechki ovqatni tayyorlashi, mahsulotlarni sotishi kerak. O‘yin davomida bolalar birga
-
likda, kelishgan holda harakat qilishni, o‘yindagi boshqa ishtirokchilarning manfaatla
-
rini hisobga olishni, o‘z manfaatlarini umumiy manfaatga bo‘ysundirishni, yon berishni,
umumiy maqsad uchun harakat qilishni o‘rganadilar, ya’ni jamoaviy faoliyat, jamoada
o‘zini tutish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Xulosa qilib aytgada, o‘yinda mustaqil ravishda harakat qilish, u yoki bu harakat
-
larni amalga oshirish bilan birga bola o‘zining qiziqishlari, shaxsiy fazilatlari, his-tuyg‘u
-
larini ham namoyish etadi. Shuning uchun o‘yinda, boshqa hech qanday mashg‘ulotda
kuzatilmagan holda, bolaning samarali tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan uning xususiyat
-
lari va imkoniyatlarini bilib olish mumkin. O‘yinda va o‘yin orqali bolaning o‘zini, o‘ziga
bo‘lgan munosabatini, jamoadagi mavqeini, boshqa bolalarning unga bo‘lgan munosa
-
batini o‘zgartirgan holda yanayam muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: