Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/88
tarix15.08.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#139502
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88
2-son qushimcha

Ключевые слова. 
Игра, деятельность, воспитатель, дети, задание, обучение, 
воспитание, общение, творческая деятельность.
Game is the main and most favorite pastime of preschool children. Therefore, the inclusi
-
on of game elements and problem situations in the educational process enlivens learning. The 
article presents some views and decisions about the essence and originality of the game as a 
child’s activity.
Key words.
Game, activity, educator, children, task, training, education, communication, 
creative activity.
Vazira G‘ANIYEVA, 
Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
O‘YINNING BOLA FAOLIYATI SIFATIDAGI MOHIYATI 
VA O‘ZIGA XOSLIGI
Annotatsiya
О‘
yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy va eng sevimli mas
-
hg‘ulotdir. Ta’lim va tarbiya berish jarayonida har xil o‘yinlardan, og‘zaki, 
stol ustida, harakatli, ijodiy, hayolan sayohat, o‘yin viktorinadan foydala
-
nish, muammoli xolatlar keltirib chiqarish, yechimini topish, bahslashish, natijaga eris
-
hish mashg‘ulot samaradorligini oshiradi.
Ta’limning o‘yin jarayonini, ayniqsa, ochiq havoda amalga oshirish bolalarda ku
-
zatuvchanlik va ijodkorlikni rivojlantirib, ularni ranglarni, shakllarning katta-kichikligi
-
ni, xidini, ta’mini aniqlashga, umuman sensor qobiliyatini taraqqiy ettirishga o‘rgatib 
boradi. O‘yin faoliyati nazaryasi go‘dakning bir yoshgacha davrdagi psixologik xusu
-
siyatlarini o‘rganish bo‘yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L. Figurin, 
M.P.Denisova, M.Yu. Kistyakovskaya, A. Vallon, D.B. Elkonin, Ye.A. Arkin, S. Fayans, 
Sh. Byuler, F.I. Fradkinalarning asarlari aloqida aqamiyatga molikdir. S. Fayans tajri
-
basida go‘dakka chiroyli va jozibador o‘yinchoqlar 9 sm masofadan ko‘rsatilganda u 
butun vujudi bilan ularga intilgan, keyinchalik oraliq 60 sm bo‘lganida bolaning intilishi, 
qo‘l cho‘zishi, sustlashgan, cho‘zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so‘ngan. U o‘yinchoq 
bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa qan
-
chalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatish 
mumkin. M.Yu. Kistayakovskaya ma’lumotiga ko‘ra, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan 
notanish shaxsga bir oz tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o‘giradi, xatto, 
qo‘rqib yiqlab yuboradi. Bolada o‘zini parvarish qilayotgan yaqin kishilariga bog‘lanib 
qolishi sodir bo‘ladi. Ana shu sababli onasini yoki enagasini ko‘rsa qiyqirib qarshilaydi, 


119
unga talpinadi, qo‘l-oyog‘ini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim yoshga to‘lganda atrofdagi 
yaqin kishilari, qarindosh-uruqlariga, xatto qo‘ni-qo‘shnilarga ham bog‘lanib (o‘rganib), 
ko‘nikib qoladi. Taxminan 8-9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o‘yin faoliyatini boshlay
-
di. O‘yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik, tuyg‘ulari avval faqat kattalar ishti
-
rokida namayon bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan o‘yinning o‘zi bolaga quvonch bag‘ishlaydi. 
Go‘dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti-harakatlarini izchil kuzatishdan 
tashqari unda asta-sekin ularning ko‘mak berish ishtiyoqi tug‘iladi. Natijada bola indi
-
vidual faoliyat turidan hamkorlikdagi faoliyatga ham o‘ta boshlaydi. Ma’lum, hamkor
-
likdagi faoliyat muloqot ko‘lamini kengaytirishga yordam beradi. Bolaning umumpsixo
-
logik taraqqiyoti faqat o‘yin jarayonidagi (A. Leontev) amalga oshishini inobatga olib, 
ularning o‘yinlarining mazmunan boyitishiga katta e’tibor qaratishimiz lozim. O‘yin bo
-
lalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda maktabgacha ta’lim tashkiloti ishida katta o‘rin 
egallaydi. O‘yinda yosh organizmga xos bo‘lgan talab va ehtiyojlar qondiriladi, hayotiy 
faollik ortadi, birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni 
tarbiyalashda o‘yin munosib o‘rin egallaydi. Atoqli trener va shifokor E.A. Arkin o‘yinni 
“ruhiy vitamin” deb bekorga aytmagan. Bolalarning to‘laqonli jismoniy rivojlanishi va 
salomatligini mustahkamlash uchun harakat faolligining turli shakllaridan foydalaniladi. 
O‘yin jarayonida bolaning jismoniy o‘sishi uchun muvofiq sharoit yaratish nihoyatda 
muhimdir. Bunga erishmoq uchun o‘yinlarning bolalarga yetarli suratda zavq tug‘di
-
rishini, ularda faollik hosil bo‘lishini, bu o‘yinlar turli hil harakatlarni o‘z ichiga olishini, 
serharakat o‘yinlar ketidan kam harakatli o‘yinlarga o‘tilishini ta’minlash zarur. 
O‘yin – bolalarning o‘zaro munosabatini yo‘lga soladi, xis-tuyg‘ularini rivojlantiradi, 
erkini mustahkamlaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya berish jarayoniga o‘yin element
-
larining, muammoli holatlarning kiritilishi mashg‘ulotlarni jonlantiradi. O‘yinning bola 
faoliyati sifatidagi mohiyati va o‘ziga xosligi haqida ayrim qarashlar va yechimlar ma
-
salasiga e’tibor qaratilgan.
O‘yin faloiyati bola hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi, u mehnat va ta’lim 
bilan uzviy aloqada bo‘lgani holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot-
chilar o‘yinning ahamiyati, qadri, uning shartliligini hamda ijtimoiy xulqni shakllantirish
-
da shaxsning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi, uning muomala chog‘idagi xatti-ha
-
rakatini aniqlab olishi hamda miyaning keyingi o‘rganiladigan mavzuga tayyorlanishida 
juda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydilar. Tug‘ilgandan boshlab to 3 yoshgac
-
ha bo‘lgan davrda bolaning aqliy qobiliyatlari rivojlanayotgan davrda o‘yin juda muhim 
ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar. O‘yin inson o‘zligining namoyon qilish i , uning tako
-
millashuvi usulidir. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosini tashkil qiladi. 
O‘yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: Bola harakat qiladi, gapiradi, 
idrok qiladi, o‘ylaydi, o‘yin davrida bolaning hayoli, xotirasi faol ishlaydi, ta’sirchanlik 
va iroda sifatlari namoyon bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning suyujetli va rollarga 
bo‘linib, o‘ynaladigan o‘yinlari deyarli hamma vaqt jamoaviy amalga oshiriladi. Syu
-
jetli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar bolalarning ko‘pgina psixik jarayonlari va 
shaxsiy psixologik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. O‘yin sharoitining o‘ziyoq 
bolalar diqqatini atrofdagi narsa va hodisalarga faol yo‘naltirishini talab qiladi. Bu esa, 
o‘yin faoliyati davomida bolalarni nihoyatda faollashtiradi, ya’ni ular kuzatuvchan, tez 
esda olib qoladigan, har bir narsani atroflicha va chuqur taqlid qiladigan bo‘ladilar. 
Syujetli va rollarga bo‘linib, o‘ynaladigan o‘yinlar o‘yin jarayonida bolalarning bir-birlari 
bilan faol munosabatda bo‘lishlariga imkon yaratadi. Bu bolalar nutqining tez rivojla
-
nishiga olib keladi. Ma’lumki, syujetli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarning o‘z 


120
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
qonun-qoidalari mavjud. Bu qonun-qoidalarga rioya qilishda bolalar o‘z iroda kuchlarini 
ishga soladilar. Binobarin, o‘yin faoliyati davomida bolalarning irodaviy sifatlari ham 
rivojlanadi. Turli yoshdagi bog‘cha bolalarining o‘yin faoliyatlari ularning barcha aks 
ettirish, ya’ni psixik jarayonlarini, aqliy imkoniyatlarini, shaxsiy psixologik sifatlarini, xa
-
rakter xislatlarini tarkib toptirib, rivojlantiradi. Shu narsa xarakterliki, bog‘cha yoshidagi 
bolalarning turli - tuman o‘yin faoliyatlari sekin-astalik bilan ularni o‘qish faoliyatiga tay
-
yorlaydi. Rolli o‘yin mazkur yosh davirdagi bolalarning eng muhim faoliyati bo‘lib, ular 
bunday o‘yinda go‘yot katta yoshdagi odamlarning barcha vazifali va ishlarini amalda 
bevosita bajaradilar, shu boisdan, o‘yin voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaxs
-
lararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar 
kattalarning turmush tarzi, his-tuyg‘u, o‘zaro muomala va muloqotlarning xususiyatlar
-
ni o‘ziga va o‘zgalarga atrof-muhitiga munosabatlarni yaqqol voqelik tarzida ijro etishi 
uchun turli o‘yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o‘tovchi narsalarda ham 
foydalaniladi. 
Bolani o‘yinga undamagan omil uning katta yoshdagi odamlarning borliq to‘g‘ri
-
sidagi va shaxslararo munosabati haqidagi tasavvuri va ularni o‘z shaxsiy faoliyatida 
sinab ko‘rish istagidir, shuningdek, jamoa bo‘lib o‘ynayotgan tengqurlari bilan bevosi
-
ta muloqotga kirishish ishtiyoqidir. Bolalar psixologiyasi fanida to‘plangan ma’lumotlar 
tahliliga asoslanib, mazkur yosh davri bo‘yicha quyidagi xulosani chiqarish mumkin: 
– o‘yin faoliyatida bola turli harakatlarni to‘laligicha namoyish etishga, ularni baja
-
rish usullarini ko‘rsatishga ishtiyoqmand bo‘ladi; 
– keyinchalik esa barcha xatti-harakatlarni umumlashtirib aks ettirishga urinadi. 
Bola o‘sib borgan sayin narsalar va o‘yinchoqlarning nomini o‘zgartirish, yangi 
nom bilan atash engillashadi. Shuningdek, faqat yangi vaziyatda jismlar nomini o‘z
-
gartirish bilan kifoyalanib qolmay, ularni yangi nomga muvofiq qo‘llash imkoniyati ham 
keladi. O‘yin faoliyatida foydalaniladigan narsalarni yangicha nomlash qator muam
-
moli vaziyatlarni vujudga keltiradi. o‘yin faoliyatida narsalar nomini o‘zgartirish o‘zining 
psixologik mohiyati bilan murakkab holat hisoblanadi. Ayniqsa, so‘z bilan predmet
-
ning o‘zaro munosabatida ularga uzviy bog‘liq harakatlar alohida ahamiyat kasb etadi. 
Yuqoridagi mulohazalar asosida aytish mumkinki, katta kishilar hayoti va faoliyatining 
o‘rnini bosuvchi ashyolar ularning harakatini umumlashgan holda ifodalashning mod
-
diy tayanchi hisoblanadi. Shunday ekan, o‘yin faoliyatida bola harakatining rivojlanishi 
o‘yin mazmuniga ko‘proq bog‘liqdir. Chunki, bolaning xatti-harkati qanchalik ihcham 
va umumlashgan bo‘lsa, u kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishdan shunchalik 
yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-biriga munosabatini amalda 
bajarishga o‘tadi va shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda kattalarning ijtimoiy 
munosabatlarini to‘g‘ri ifodalashga intiladi. Har qanday o‘yinning va o‘yin faoliyatining 
markazida bola katta kishilarning faoliyati va o‘zaro munosabatini, muomalasini o‘ziga 
xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko‘ra, o‘yin ijtimoiy aha
-
miyat kasb etib, bola insoniyat tomonidan asrlar davomida yarailgan qimmatli bilimlar, 
amaliy ko‘nikmalar, malakalar va odatlarni o‘rganishga imkon yaratadi, oqibatda uni 
shaxslararo muloqotning mohiyatiga olib kiradi. Shunday qilib, psixolog adabiyotlar 
tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
– bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o‘zaro muo
-
malasiga qiziqadi;
– bolalar rolli o‘yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo‘shqin xistuyg‘uli 


121
jihatlarini aks ettiradilar; 
– rolli o‘yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini 
his etgan holda o‘z istagini amaliyotga tadbiq qiladi; 
– kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida na
-
moyon bo‘lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o‘chmas iz qoldiradi. 
Ma’lumki, o‘yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan 
voqelikdan ancha qiziqarlidir. o‘ymnning qiziqarliligi uni anglab etishning osonligidadir. 
Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, bola hayo
-
tida o‘yin ham xuddi shunday ahamiyat kab etishi mumkin. Jahon psixologiyasi fanida 
to‘plangan boy ma’lumotlarga asoslanib, quyidagicha mulohaza yuritish mumkin. Ma
-
salan, eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining 
eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha yos
-
hdagi bolalarda harakatning o‘sishiga o‘yinning ta’siri haqida gap borganda, avvalo, 
shuni aytish kerakki: birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘ziyoq mazkur yoshdagi 
bolaning harakatini o‘stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yarata
-
di. Ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishining sababi va xususiyati shuki, 
harakatning murakkab ko‘nikmalarini subyekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita 
mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barc
-
ha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. 
Xulosa qilib aytganda, atoqli trener va shifokor E.A. Arkin o‘yinni “Ruhiy vitamin”, 
deb bekorga aytmagan. Bolalarning to‘laqonli jismoniy rivojlanishi va salomatligini 
mustahkamlash uchun harakat faolligining turli shakllaridan foydalaniladi. O‘yin jarayo
-
nida bolaning jismoniy o‘sishi uchun muvofiq sharoit yaratish nihoyatda muhimdir. Ha
-
rakatli o‘yinlar bolalarda quvnoqlikni oshirishga yordam beradi, o‘zaro munosabatlar, 
xis-tuyg‘ularni tarbiyalaydi. O‘yin qoidalarini bajara olish malakalari, jasurlik, odillik kabi 
axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Mashg‘ulot, sayr va kunning turli jarayonlarida amalga 
oshiriladigan harakatli o‘yinlar bola shaxsi rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. O‘yin mak
-
tabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosini tashkil qiladi. O‘yinda shaxsdagi mavjud 
barcha jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o‘ylaydi, o‘yin 
davrida bolaning hayoli, xotirasi faol ishlaydi, ta’sirchanlik va iroda sifatlari namoyon 
bo‘ladi.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin