Barno XAKIMOVA, T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti
tayanch doktoranti
GENDER – O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA O‘SMIRLARNI MUSTAQIL QAROR QABUL QILISHGA YO‘NALTIRISHNI AMALDAGI HOLATI Annotatsiya G
ender tenglik tarbiya tizimi nihoyatda keng qamrovlidir. Maqsadli disputlar,
davra suhbatlari, savol-javob kechalari, tematik ma’ruzalar, seminar-tre
-
ninglar, nazariy-amaliy konferensiyalar ham ushbu yo‘nalish rivojiga sa
-
marali ta’sir ko‘rsatadi.
Yoshlarni gender tenglik ruhida tarbiyalashning eng muhim ahamiyati ularni, bi
-
rinchi galda, qiz bolalarni o‘zligini anglashiga, ijtimoiy muhitni, ijtimoiy ruhiyatni, ichki
uyushtiruvchi, harakatga keltiruvchi va yetaklovchi, inson qadr-qimmatining jinsiga qa
-
rab belgilanmasligini isbotlovchi kuchga aylanishiga xizmat qilishidir. Bu holda gender
tenglik g‘oyasi (o‘g‘il va qiz bolalarga teng huquq hamda teng imkoniyatlar yaratish)
shaxsning ham, jamiyatning ham ma’naviy yuksalishiga ta’sir qiladi, ijtimoiy tafakkur
-
ning o‘zgarishiga olib keladi. Gender tenglik g‘oyasi jamiyatda yoshlarning siyosiy on
-
gini shakllantirishga, mustaqil fikrlashga, ma’naviy-ruhiy jihatdan tenglik tamoyillarini
o‘ziga singdirishga undovchi va uni harakatga keltiruvchi bunyodkor g‘oyadir.
Gender tenglikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya yoshlar xulq-atvorining,
dunyoqarashining ijtimoiy foydali, adolatli, insonparvar, demokratik sifatlarini shakllan
-
tirish ishiga yordam berishi shubhasiz. Chunki gender tenglik g‘oyalari bilan sug‘oril
-
gan ta’lim-tarbiya yoshlarda gender bilimlarni hosil qilishi, ularning dunyoqarashiga va
e’tiqodiga aylanib borishi, ruhiyatiga ta’sir etishi mumkin. Bu, ayniqsa, qiz bolalarning
mas’uliyat va qat’iyatlik, qiziqish bilan o‘zlari istagan sohalarni o‘rganishlariga intilish
-
larini shakllantirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganib, ular ongida jamiyat taraqqi
-