K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə10/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71
УМК 2023 (2)

Nafas olish. Ko’pchilik organizmlar, shu jumladan hayvonlarda ham organizm bilan tashqi muhit o’rtasida to’xtovsiz gaz almashinuvi bo’lib turadi. Bu jarayonda tashqi muhitdan organizmga kislorod o’tadi va organizmdan parchalanish mahsuloti karbonat angidrid gazi chiqarib yuboriladi. Mikroskopik tuzilishga ega bo’lgan tuban umurtqasiz hayvonlarda gaz almashinuvi butun tana yuzasi orqali sodir bo’ladi.
Tana bo’shlig’iga ega bo’lgan ko’p hujayrali hayvonlar (bo’shliqichlilar, yassi chuvalchanglar, to’garak chuvalchanglar) da gaz almashinuvi tana suyuqligi orqali boradi. Halqali chuvalchanglarning kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan terisi gaz almashinuvida asosiy o’rin tutadi. Tana tuzilishining yanada murakkablashuvi va hayvonlar faolligining osha borishi bilan tana qoplagichi orqali gaz almashinuvi yetarli bo’lmay qoladi. Shu sababli birmuncha murakkab tuzilgan hayvonlar organizmida maxsus nafas olish organlari rivojlanadi. Quruqlikda yashab, atmosfera havosi orqali nafas oluvchi hayvonlar traxeyalar yoki o’pka orqali, suv hayvonlari esa jabralar orqali nafas oladi.
Oziqlanishi. Hayvonlar ham barcha geterotrof organizmlarga o’xshab oqsillar, yog’lar, uglevodlar va boshqa organik moddalar hisobiga oziqlanadi. Hayvonlar bu moddalarni tashqi muhitdan oladi. Lekin ularning molekulasi juda yirik bo’lganidan suvda erimaydi va hujayra membrinasi orqali o’tolmaydi. Shuning uchun hayvonlar organizmida bu moddalar fermentlar ta’sirida birmuncha oddiyroq moddalar (aminokislotalar, glitserin, yog’ kislotalar, monosaxarid lar) ga parchalanib so’riladi. Bu jarayon ovqat hazm qilish deyiladi. So’rilgan organik moddalar organizmning turli qismlariga borib assimilyatsiya jarayonlariga jalb etiladi. Hujayralarda ulardan hayvonlar uchun xos bo’lgan yangi moddalar sintezlanadi. Ko’pchilik ko’p hujayrali hayvonlarda ozuqani maydalash, hazm shirasi ishlab chiqarish va hazm qilish funksiyasini bajaruvchi maxsus ovqat hazm qilish sistemasi rivojlangan. Bir hujayralilarda va tuban ko’p hujayralilarda oziq hujayra ichida hazm qilinadi.
Hayvonlar oziqlanish usuliga binoan ham bir biridan farq qiladi. Ko’pchilik hayvonlar yashil o’simliklar bilan oziqlanganidan ular o’txo’r hayvonlar hisoblanadi. Ular orasida ayrim turlari madaniy o’simliklarga katta ziyon keltiradi. Boshqa hayvonlar hisobiga hayot kechiruvchi hayvonlar yirtqichlar va parazitlarga ajratiladi. Yirtqich hayvonlar o’z o’ljasini tez o’ldiradi va birdaniga yeb qo’yadi. Parazitlar esa o’z o’ljasi (xo’jayini) to’qimalari yoki u hazm qilayotgan oziq hisobiga yashaydi, lekin uni birdaniga o’ldirmasdan o’z rivojlanishi davomida foydalanadi.
Hayvonlar orasida organik moddalar qoldig’i bilan oziqalanadigan turlari ham ko’p bo’lib, ularni saprofaglar deyiladi. Saprofaglarni ham fitofaglar (o’simlik qoldig’i bilan oziqlanadigan), kaprofaglar (hayvonlar ekskrementi bilan oziqlanadigan), nekrofaglar (hayvon murdalarini o’zlashtiruvchilar)ga ajratish mumkin.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin