K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə11/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
УМК 2023 (2)

Ayirish sistemasi. Ko’pchilik hayvonlarda organizmdan modda almashinuv mahsulotlarini chiqarish va tanadagi osmotik bosimni bir xil darajada tutib turish vazifasini o’tovchi maxsus ayirish organlari rivojlangan. Ayirish organlari juda xilma xil bo’ladi. Bir hujayrali hayvonlarning ayirish organi bitta yoki ikkita qisqaruvchi vakuolalardan iborat. Dengizda yashovchi va parazit bir hujayralilarda qisqaruvchi vakuolalar bo’lmaydi. Yassi va to’garak chuvalchanglarning ayirish sistemasi umumiy ayirish nayiga ochiladigan juda ko’p naychalar va ular bilan tutashgan hujayralar sistemasidan iborat. Tana bo’shlig’i va qon aylanish sistemasining rivojlanishi bilan ayirish sistemasi ham murakkablashib bordi. Halqali chuvalchanglarning ayirish organlari bir uchi tana bo’shlig’iga, ikkinchi uchi esa teri ustiga ochiladigan juft organlardan iborat. Ko’pchilik bo’g’imoyoqlilar ayirish sistemasining tuzilishi va funksiyasi ham halqali chuvalchanglarnikiga o’xshab ketadi. Hashoratlarning ayirish organlari esa ichak bo’shlig’i bilan bog’langan. Umurtqali hayvonlarning ayirish sistemasi qon aylanish sistemasi bilan bog’langan murakkab buyraklardan iborat.
Harakatlanishi. Ko’pchilik hayvonlarda maxsus harakatlanish organlari rivojlangan. Bir hujayralilarda bu maxsus sitoplazma o’simtalardan hosil bo’lgan xivchinlar yoki kipriklardan iborat. Tuban ko’p hujayralilarda maxsus harakatlanish organlari bo’lmaydi. Ular tanasini bukib yozilishi yoki itarib chuzilishi orqali harakatladi. Ko’p hujayralilarda maxsus harakatlanish organlari dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo’lib, birmuncha sodda tuzilgan ko’p sonli ikki shoxli juft tana o’simtalaridan iborat. Evolyutsion taraqiyot jarayonida harakatlanish organlari ham takomillasha borib, maxsus tayanch harakat sistemasi hosil bo’ladi. Hayvonlarning quruqlikda yashashga o’tishi bilan yangi tipdagi tayanch harakatlanish sistemasi paydo bo’ladi. Endi bu sistema harakatlanish bilan birga tanani yer ustida ko’tarib turuvchi tayanch organi vazifasini ham bajaradi.
Hayvonlarning harakatlanishi maxsus qisqarish xususiyatiga ega bo’ladigan muskul sistemasining bo’lishi bilan bog’liq. Bir hujayralilarning xivchinlari yoki kipriklari qisqaruvchi muskul tolalari bilan bog’langan. Tuban ko’p hujayrali hayvonlarda maxsus muskul hujayralari rivojlangan bo’lib, ular bo’shliqichlilarning endodermasida, to’garak va halqali chuvalchanglarning epiteliysi ostida bir yoki ikki qavat bo’lib joylashadi. Hayvonlarning quruqlikda yashashga o’tishi bilan tayanch harakat sistemasining ahamiyati yanada oshadi, harakat organlarining tuzilishi murakkablashib, muskullar shu organlar atrofiga to’planadi. Natijada muskullarning qisqarish kuchi oshadi. Harakatlanish organlarining takomillashuvi bilan birga tayanch organlari ham taraqqiy etadi. Umurtqasizlarda qattiq xitin qoplagich tayanch vazifasini o’taydi. Umurtqali hayvonlarda esa bu funksiyani suyak to’qimasi bajaradi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin