K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə53/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
УМК 2023 (2)

Amaliy mashg’ulot-12.
Nosematidalar turkumi. Vakil: Nosema bombycid. Tuzilishi va ko’payishi.
Kerakli jihozlar. Miksosporidiyalar va mikrosporidiyalarga oid bo’lgan mikropreparatlar, mikroskop, diafilmlar hamda mavzuga tegishli rangli jadvallar.
Mikrosporidiyalar Microspora tipining vakillari juda mayda bo’lishi va sporalarining tuzilishi bilan miksosporidiyalar tipidan farq qiladi. Mikrosporidiyalar tipiga 2 ta sinf, 70 dan ortiq urug’ va 900 dan ortiq tur kiradi.
Mikrosporidiyalar sporasi juda kichik, ya’ni 2-10 mkm bo’ladi va ular qattiq po’st bilan qoplangan. Mikrosporidiyalar asosan har xil hasharotlarning hujayralarida , ba’zan baliqlarning hujayralarida parazitlik qiladi. Ular sporasining katta qismini bitta otuvchi kapsula va qalin qobiq egallagan. Ikki yadroli amyobasimon murtak juda kichik bo’lib, sodda tuzilgan. Spora hayvon hazm organiga tushganida ancha uzun otuvchi tola ajratib chiqaradi va qobiqdan ajralgan amyobasimon tanacha hayvonning to’qima va hujayralariga kirib rivojlanadi, ya’ni ular jinssiz yo’l bilan ko’payib, sporalar tashqariga chiqarib yuboriladi.
Mikrosporidiyalarning ayrim turlari, masalan, Nosema bombycis tut ipak qurtining turli ichak to’qimalarida parazitlik qilib, ularda xavfli o’lat, ya’ni qoradog’, qorason pebrina kasalligini vujudga keltiradi. Qoradog’ qo’zg’atuvchisi nozema sporalari tirik qolgan ipak qurti kapalagining tuxumi orqali so’nggi avlodga ham o’tadi.
Ipak qurti kasalligining qo’zg’atuvchisi nozemaning rivojlanish siklini
1849-1858- yillarda fransiyalik olim L.Paster o’rgangan. Tut ipak qurti nozemasi ifloslangan tut bargi orqali ipak qurtiga o’tadi. Ichak epiteliysi orqali qonga o’tgan parazit qurtning barcha organlariga zararlaydi. L.Paster parazitning nasldan-naslga o’tishini aniqlab, tut ipak qurti kasalligini kasallangan tuxumlaridan sog’ tuxumlarni ajratib olish usulini ishlab chiqqan. Bu usuldan hozirgacha gren zavodlarida foydalaniladi. Bu kasallikning nomini nozematoz deyiladi.
Qoradog’ pebrina kasalligiga qarshi kurashish uchun, avvalo, ipak qurt urug’ini ochirishga qo’yishdan oldin yaxshilab tekshirish kerak. Urug’ zavodlarida faqat sog’lom tut ipak qurti kapalaklarini ajratib, ulardan urug’ olish lozim.
Mikrosporidiyalarning yana bir turi Nosema apis asalarilarining ichagida parazitlik qilib, asalarilarda ichak kasaliga sabab bo’ladi va bu parazitdan ko’plab asalari oilalari qirilib ketadi. Asalari nozemasining o’lchami 4.5-7.5 mkm atrofida bo’ladi. Bu kasallikka qarshi kurash choralaridan biri asalarilar oilalari desinseksia qilinadi. Kuchli zararlangan asalarilar oilalari esa qirib tashlanadi.
Mikrosporidiyalarning ko’plab turlari Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrika suv havzalarida baliqlarda ham parazitlik qiladi va baliqlarning nobud bo’lishiga sababchi bo’ladi. Ular baliqlarning terisida, jabralarida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Baliqlar ichak devorlarida 2 tadan 20 tagacha sistalar hosil qiladi.
Mikrosporidiyalarning ayrim turlari MDH mamlakatlarining Shimoliy hududlaridagi ko’llarda yashovchi baliqlarda, hatto ovlanadigan mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va mo’ynali hayvonlarda ham parazitlik qilib zarar yetkazadi.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin