K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə56/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
УМК 2023 (2)

Amaliy mashg’ulot-14.
Trixomastomatidlar turkumi. Vakil: Balantidium coli. Tuzilishi va ko’payishi.
Kerakli jihozlar: Balantidiya bo’yicha tayyorlangan mikropreparatlar, Balantidiyaning tuzilishi hamda rivojlanish sikli aks ettirilgan rangli jadvallar, mikroskop.
Kiprikli infuzoriyalar sinfiga kiruvchi teng kipriklilar kenja sinfining ko’plab turlari har xil umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning turli organlarida parazitlik qiladi. Parazit kiprikli infuzoriyalardan teng kipriklilar kenja sinfiga kiruvchi balantidiya (Balantidium coli)ning zarari ayniqsa kattadir.
Balantidium coli asosan odamlarning yo’g’on ichagida parazitlik qiladi.
Shu turning o’zi yoki unga o’xshash bo’lgan, cho’chqa to’ng’iz va kalamushlarning yo’g’on ichagida ham parazitlik qiladi. Balantidiya ichakda jarohat hosil qilib balantidioz, yani xavfli qonli ichburug’ga o’xshash kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Balantidiyaning shakli oval, loviyasimon, yumoloq va tuxumsimon ko’rinishda, oldingi tomoni biroz toraygan, keying tomoni esa biroz kengaygan bo’ladi.
Infuzoriyaning tanasi pellikula bilan qoplangan bo’lib, uning tagida tiniq bo’lgan ektoplazma qatlami joylashgan. Dona-dona endoplazmasida 2ta yadro joylashgan bo’lib, loviya shaklidagi katta-yadrosi makronekleus o’ng tomonida joylashgan yadrochasi esa mikronekleus deyiladi. Tanasi sirtqi tomondan bir xildagi mayda kipriklar bilan qoplangan. Kipriklar harakatlanish va o’g’izni tutish vazifasini bajaradi. Oldingi tomonidagi og’zi-sitostom qisqa tomoqqa sitofarinksga tutashadi.
Balantidiyaning uzunligi 40 mkm dan 150 mkm gacha va eni 20 mkmdan 70 mkm gacha boradi. Blantidiyada ikkita vakuola bo’lib, biri tanasining oldingi tomonida va ikkinchisi tanasining keying tomonida joylashgan. Blantidiya sistaga o’ralish qobilyatiga ham ega. Bunda balantidiya kiprikchalarini tushurib, ikki qavatli zich parda-sistaga o’raladi. Sistalar yirik bo’lib, uning diametric 50-60 mkm ga yetadi. Blantidiyalar ikkiga bo’linib, jinsiz va jinsiy usulda ko’payadi.
Chunki balantidiy cho’chqa, sichqon va kalamushlar ichagida ham parazitlik qiladi. Cho’chqalarning tezagi orqali parazitning sistalari tashqariga chiqadi va odamlar bu sistalarni yutib balantidiy bilan kasallanadi.
Kasallanishga sabab, gigiyena qoidalariga rioya qilinmaslik natijasida sistalari iflos qo’l orqali odam ichagiga tushadi. To’g’ri ichakda parazit sistadan chiqadi. Blantidioz bilan ko’pincha cho’chqachilik fermalarida va kolbasa tayyorlash korxonalarida ishlaydigan xodimlar kasallanadi.
Balantidioz bilan asosan sutdan chiqqan cho’chqa bolalari kasallanadi. Kasallik o’tkir vasurunkali kichadi. O’tkir kechganda kasallangan hayvon harorati ko’tariladi, qon va shilliq aralash ichi ketadi. Surunkali bo’lganda esa oziqlanmaslik, ichi ketishning vaqti-vaqti bilan takrorlanishi kuzatiladi. Balantidioz bilan kasallangan cho’chqalarning ko’p qismi bilan tugaydi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin