K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə57/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
УМК 2023 (2)

Amaliy mashg’ulot-15.
Trixomastomatidlar turkumi. Vakil: Ichthyopthirius multifillis. Tuzilishi va ko’payishi.
Kerakli jihozlar: Ixtioftirius bo’yicha tayyorlangan mikropreparatlar, Ixtioftiriusning tuzilishi hamda rivojlanish sikli aks ettirilgan rangli jadvallar, mikroskop.
Parazit infuzoriyalar orasida, ayniqsa ixtioftirius baliqlarga katta zarar keltiradi. Parazitning kattaligi 0,5-1 mm keladi. Sitoplazmasida taqasimon makronukleusi va ko’p sonli ovqat hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalari mavjud. Trixosistalari bo’lmaydi. Parazit zog’ora baliq, gulmoyi, do’nhpeshona, oq amur kabi baliqlarning suzgich qanotlari va jabralarida parazitlik qiladi. Baliq terisi va jabrasiga chuqur kirib, zararlangan epiteliy hujayralari va eritrositlar bilan oziqlanadi hamda bu joylarda yara hosil qiladi.
Kasallangan baliqlarning terisi ustida juda ko’p oq nuqtachalar shaklidagi ixtioftirius bo’ladi. Kasallangan baliqlarning jabralari qonsizlanib jarohatlanadi. Parazitning yosh individlari baliq terisiga va jabrasiga chuqurroq o’rnashib, faol oziqlanadi va kattalashadi.
Ma’lum vaqtdan keyin, ya’ni tashqi muhit sharoitiga qarab 3 kundan 3 haftagacha rivojlanib, parazit baliq terisidan ajralib suvga chiqadi va sistaga o’raladi. Sistada esa ko’payish boshlanadi.
Yadrosining ketma-ket bo’linishi tufayli 2000 tagacha yangi harakatchan yosh parazitlar rivojlanad. Sistadan chiqqan yosh ixtioftiriuslar yana baliqlar terisi va jabrasiga yopishib o’z taraqqiyotini davom ettiradi. Bu parazit keltirib chiqaradigan kasallikdan yosh baliqchalarning 90-100 % nobud bo’ladi. Ixtioftirioz bilan kasallangan baliqlarni davolash uchun ular yashaydigan suvliklarga nim sho’r tuzli suv solish lozim yoki 0,001 % li triptoflavin preparati eritmasini solish kerak. Bunday holatda suvdagi mavjud yosh ixtioftiriuslar qirilib ketadi.
Shuningdek, profilaktik chora-tadbirlar ham olib borilishi lozim, ya’ni urg’ochi baliqlar tuxum qo’ygandan keyin ularni boshqa suv havzalariga olish, chetdan baliqlarni kirishiga yo’l qo’ymaslik, baliqlarni oqadigan suvlarda boqish va ularni to’yimli ozuqa berish lozim.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin