K. Alimova Z. T. Nishanova, G. K. Alimova, A. G‘. Turg‘unboeva m. X. Asranboeva


Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi predmetli haralujt faoliyatlarini rivojlanishi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə28/85
tarix23.10.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#159972
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85
Z. T. Nishanova, G. K. Alimova-fayllar.org

Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi predmetli haralujt faoliyatlarini rivojlanishi

Ilk bolalik davridagi bolalar so’zlay boshlagan bo'lishiga qaramay, ular hali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalami to’g’ri idrok qila olmaydilar, chunki ularda hali turmush tajribasi yo’q. Bimday murakkab tushunchalar kundalik hayot davomida sekin-asta hosil qilib boriladi.

Bir yoshgacha bo’lgan bolalaming diqqati nihoyatda beqaror va ixtiyorsiz bo’lsa, ikki yoshga to'lgan bolalaming diqqatida yangi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Bola o’sib ulg’aygan sari uning diqqati barqarorroq bo’la boshlaydi. Diqqatning ozmi-ko’pmi barqaror bo’la boshlagani shunda ko’rinadiki, bola o’zini qiziqtirgan biron narsa bilan uzoq vaqt mobaynida shug’ullana oladi. Ikki yoshga to'lib, uch yoshga qadam qo'ygach so’zlami tushunadi. So’z boyligi orta borgach, bolaning o’ziga xos bo’lgan situativ tili haqiqiy tilga aylanadi.

Bu yoshdagi bolalaming tafakkuirlari o’ziga xos xususiyatlarga hamda lconkret xarakterga ega. Ular ayni chog’da idrok qilib turgan narsalari haqida juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalaming tafakkur jarayonlarida harakat elementlari ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham ulaming tafakkurlari ba’zan harakatli tafakkur deb ham yuritiladi.

Ilk bolalik davridagi bolalarda hali tafakkuming fikriy operasiyalarini, ya’ni analiz, umumlashtirish kabilami ko’ramiz. Ular

-60-


qo’llaridagi o’yinchoqlarini yoki qo’llariga tushgan narsalami amaliy aylantirib, paypaslab, buzib analiz qiladilar. Lekin sintez qilishga hali qurbi etmaydi. Bu yoshning oxiriga kelib tafakkuming o’sishida nutqning ro’li juda oshadi. Bola yangi so’zlami mumkin qadar ko’proq bilib olib, ulardan o’z tafakkurida keng fbydalana oladilar. Bu esa fiklash operasiyalarining o’sishiga yordam beradi. Bolada so’zlar vositasi bilan analiz va sintez qilish, abstraksiyalash hamda umumlashtirishning dastlabki alomatlari ko’rina boshlaydi.

Tafakkuming o'sishda yana bir muhim bosqich sliundan iboratki, ilk bolalik yoshining oxiriga kelib bola ayrim tushunchalami bilib olishga va bu tushunchalaming eng muhim belgilarini o’zlashtirishga muvafFaq boTadi. Uch yoshga to'lay deb qolgan bola, katta yoshdagi hamma odamlaming ishga barvaqt ketishlarini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga “adang endi barvaqt ishga ketmaydi” deyilsa, u hayron boTib qoladi. Chunki katta odam bo'lgan adasining ishga bormasligi, uning tushunchasiga to’g’ri kelmaydi. Uning tushunchasida hamma katta odamlar barvaqt ishga ketishi kerak. Shuning uchun hech bir o'ylab o’tirmay, “adam kattalar-ku?” deb javob beradi.Bolalar tushunchalardan foydaltanib, sodda xulosalar chiqarishga o’rgana boshlayclilar. Ular bir necha hukmlardan foydalanib, katta, kichik, baland, past, ko’p, oz kabi sodda xulosalar chiqara oladilar, bu esa tafakkurning yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi.

Ilk bolalik davridagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan biri boTmish xayol anchagina rivojlana boshlaydi. Lekin bu asosan ixtiyorsiz xayol boTadi. Ular hali ma'lum maqsad asosida ixtiyoriy tarzda xayol yurgiza olmaydilar.

Bola ikki yoshga toTgach, uning o’yinlaxida jiddiy o'zgarish ro’y beradi. Bolaning o’yiniga endi taqlidiy harakatlar qo’shiladi. Bola kattalardan ko’rgan-bilganlarini o’yinda taqlidan takrorlay boshlaydilai'. Bu davrda bola mashinasini y yoqdan bu yoqqa siljitish yoki tepalikdan sirg’antirib tushurish bilan cheklanmay, haydovchilaming harakatlarini bajaradilar. Mashinaning motori ovoziga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk tashiydi va hokazo.

Nutqning o’sishi bola xayolining o'sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bolalar kattalaming gaplariga tushunadigan boTgach, har xil ertak va hikoyalami qiziqib tinglaydigan boTadi. Bolalar o’zlari biladigan, o’zlariga yaxshi tanish boTgan narsalar haqidagi hikoyalami joni dili bilan eshitadilar. Har bir hikoyani eshitganda bolada xilma-xil tasawurlar yuzaga keladi. Bola bu tasawurlari yordamida xayol qilish

-61 -


qobiliyatiga ega bo'ladi. Bola hikoyalami eshitish orqali olgan tasawurlarini so'zlar bilan ifodalaydi. So’z esa bolaning narsalami boshqacha idrok qilishga, ulaming boshqa narsalarga o'xshashligini aniqlashiga va ana shunday o'xshashliklami aniqlash asosida yangi obrazlar, yangi tasawurlar yaratishga yordam beradi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda b;ircha psixik jarayonlar ma’lum darajada. rivojlanar ekan, bu umuman ular ongining rivojlanishiga zamin yaratadi. Tili chiqib, idrok va tafakkuri anchagina o’sgan bola tevarak- atrofdagi har xil narsalarga ongli munosabatda boTa boshlaydi. Bola o’zining turli ehtiyojlarini anglab, o’zining shaxsini shakllantira boshlaydi. Mashhur fiziolog I.M.Secheriovning tili bilan aytganda, bola ana shu davrdan boshlab, o’z sezgilarini tevarak atrofdagi narsalardan ajratib, o’z-o’zini anglay boshlaydi. Bu yoshdagi bolalaming so’z boyligida o’z shaxsini bildimvchi “men” degan olmosh tez-tez uchrab turadigan boTadi. Ana shu tariqa bola juda elementlar rarzda bo’lsa ham o’zini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Binobarin, ana shu davrdan boshlab ilk bolalik davridagi bolalaming shaxsiy (individual) xususiyatlari kamol topa boshlaydi.




  1. Yüklə 1,09 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin