K. Alimova Z. T. Nishanova, G. K. Alimova, A. G‘. Turg‘unboeva m. X. Asranboeva


Umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə6/85
tarix23.10.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#159972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Z. T. Nishanova, G. K. Alimova-fayllar.org

Umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi. Umumiy

psixologiya - umumiv psixologik qonuniyatlami, psixologiyaning nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini, metodlarini o’rganuvchi nazariy va eksperimental tadqiqotlardir. Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatinig xususiyatlari, tafakkur turlari va operasiyalari haqida umumiy tasawumi hosil qiladi. Bolalar psixologiyasi esa turli yosh bosqichlarida tafikkuming qanday xususiyatlar kasb etishini, tafakkurning qanday rivojlanishini o'rganadi. Bunda u, umumiy psixologiyadagi tasavvurlarga tayanadi, uning metodlari va kategoriyalaridan foydalaniladi.



Ijtimoyi psixologiya va bolalar psixologiiyasi. Ijtimoiy

psixologiya - psixologiya fanining tarmog’i boTib, insanlaming ijtimoyi guruhlarga mansubligi bilan taqozolangan, xulq-atvori va faoliyatini, shuningdek, shu ijtimoiy guruhlaming o’zini o’rganish bilan shugTanadi. Bolalar psixologiyasi boki psixik taraqiyotinini o'rganar ekan, albatta, bolalar guruhi, bu guruhda bolalar o'rtasida amalga oshuvchi munosabatlami e'tibordan chetda qoldirmaydi. Bolalar psixologiyasi, ayniqsa, bolaning tengdoshlari va kattalar bilan boTgan muloqoti va xuiing bo'la rivojlanishiga ta’sirini oTgimishga alohida e’tibor qaratadi.



Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o’rni.

Bolalar psixologiyasi - yosh psixologiyasi faninir, g boTimlaridan biridir. Yosh psixologiyasi, shu jumladan, bolalar psixologiyasining psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlaridan farqi shundaki, u psixik

hodisalaming o’zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bog’liq ravishda o’zgarishini tadqiq etadi.

Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari quyidagilardan iborat:


  1. turli psixofiziologik fixnksiyalaming yoshga oid me’yoralrini ilmiy jihatdan asoslab berish;


  2. individ, shaxsning yetuklik mezonlari va na’munalarini aniqlash;


  3. hayotning turli bosqichlarida insonning real va potensial imkoniyatlari qanday bolishini aniqlash;


  4. inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi taraqqiyotida qanday rol o’ynashini tushimish va ilmiy bashorat qilish.


Ushbu muammolami hal etish uchun inson hayotining har bir bosqichida - bolalikda, o’spirinlikda, yetuklik va qarilikda uning psixikasida o’zgarishlami chuqur o'rganish talab etiladi.

Ayrim o'rinlarda bolalar psixologiyasiga sinonim sifatida “genetik psixojogiya” tushunchasi ishlatilmoqda. Bu holatni to’g'ri deb baholash mumkni emas. Chunki genetik psixologiya psixik jarayonlaming paydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganadi. Bolalar psixologiyasining predmeti esa faqat psixik jarayonlar taraqqioyti bilangina cheklanib qolmaydi.




  1. Yüklə 1,09 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin