3. 0 ‘qituvchi o'quvchilar diqqatini jadvalga qaratadi. Har
bir gap
quyidagicha tahlil qilinadi:
— Birinchi gapda kim haqida aytilgan?
— 0 ‘qituvchi so‘ziga savol bering? (Kim?) Uning tagiga bir chiziq
chizamiz ( 0 ‘qituvchi jadvalga chizadi).
— 0 ‘qituvchi haqida nima deyilgan?
— 0 ‘qitadi so'ziga savol bering (nima qiladi?).
Uning tagiga ikki
chiziq chizamiz ( 0 ‘qituvchi jadvalga chizadi).
— Ikkinchi gap nima haqida aytilganligini qaysi so‘z bildiryapti?
(Mevalar) Bu so'zga savol bering (nimalar?). Tagiga chizamiz.
— Mevalar haqida nima deyilgan? (pishadi) Tagiga chiziladi.
Shu tariqa keyingi gapiar ham tahlil qilinadi. Shundan so'ng
o'qituvchi tagiga chizilgan so'zlar gapning asosiy mazmunini bildi
rishini, yana shunday so'zlar ishtirokisiz gap hosil bo'lmasligini, agar
gapning asosini bildiruvchi so'zlardan loaqal bittasi ham gapda ishtirok
etmasa, gap mazmun jihatdan yakunlanmay
qolishi yoki noaniq
bo'lib qolishi tushuntiriladi. Bu holatlar misollar bilan ko'rsatiladi.
Masalan,
O'quvchilar maktabga boradilar
gapida
gapning asoslaridan
biri —
o'quvchilar
so'zi tushib qolsa, gapimiz noaniq bo'lib qoladi,
o'quvchilar haqida nima deyilgan so'z
(boradilar)
tushib qolsa, gap
mazmun ifodalamaydi. So‘ng darslikdagi qoida o'qitiladi.
4. Darslik bilan ishlash. 261-mashq yozma bajariladi. O'quvchi
lar
matnda nechta gap mavjudligini, gapning grammatik asoslarini
o'qituvchi yordamida topadilar va ularning tagiga chizadilar. 262-
mashq yuqoridagi mashq asosida o'quvchilar
tomonidan mustaqil
bajariladi (Bunda o'quvchilar ushbu mashqni maxsus mustaqil ish
daftarlariga yozib o'qituvchiga topshiradilar).
5. Jadval asosida og'zaki mashq.
Kim ?
bemorlarni davolaydi.
Nima ?
sichqonlarni tutadi.
Nima ?
yukni tashiydi.
O'qituvchi gapdagi so'roqlar o'rniga qo'yish uchun kerakli bo'lgan
so'zlaming rasmlarini ko'rsatadi
(sh if о kor, miishuk, tuya).
O'quvchilar
tayanch so'zlar yordamida gaplarni o'qiydilar va gapiar og'zaki
tahlil
qilinadi.
6.
Taxminiy tayyorgarlik ko'rib, bog'lanishli gap tuzish va uni
yozish.
Texnik
vosita orqali ,,Bog‘bonlarga yordam“ lavhalari ko'rsatiladi
va hikoya yozish topshiriladi. Gap tuzishda har bir so‘zni takroriy
ishlatishning oldini olish uchun ma’nosi yaqin so'zlardan
foydalanish
tushuntiriladi
(masalan: bolalar, qizlar, o'quvchilar, о ‘rtoqlar).
Bu
so'zlar xattaxtaga yozib qo'yiladi.
7.
Uyga vazifa qilib 263-mashq beriladi. O'qituvchi uyga vazifani
qanday bajarishni tushuntiradi.
Dostları ilə paylaş: