lug'aviy-m antiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi. Bulardan tashqari, kinofilm va tele ko'rsatuv matnlari, o'qituvchi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodim lari- ning nutqlari ham o'quvchilar lug'atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi.
Lug'atni boyitishda turli lug'atlar juda foydali qo'llanm adir. B oshlang'ich sin f o'quvchilari uchun „Im lo lug'ati" mavjud. O 'qituvchi m a’lum ot uchun ham , material tanlash uchun ham turli lug'atlardan (o'zb ek tilinin g sinonim lar, antonim lar, frazeologik lug'atlaridan, turli term inologik lug'atlardan) muvaffaqiyatli foydalanadi. S o 'z m a’nosini tushuntirish
S o'zla m in g m a’nosini tushuntirish o'quvchilar lug'atini b oyi tadi, nutqini o'stiradi. B oshlang'ich sinflarda o'qitiladigan fanlar- ning atamalari ham tushuntirilishi lozim bo'lgan so'zlar qatoriga kiritiladi. Atam alarning m a’nosini tushuntirish mazkur so 'z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. M asalan, predmet atam asining m a ’nosini tushuntirish bilan o'quvchilar predm et keng m a’noda qo'llan ish in i, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet d eyilish ini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son , fe ’l kabi atamalarni tez fahm lab olishda ularga yordam beradi. S o'zn in g m a’nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy m avzusidan o'quvchilar diqqatini chalg'itm asligi kerak. Bu ning u ch u n o'qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida m a ’nosi tushuntirilishi lozim bo'lgan so'zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi o'rnida tushuntirishni belgilab oladi.