echish yo ‘lini tushuntirish ко ‘nikmasi ustida ishlash о ‘quvchilarda qayta hikoyalash, insho va muhokama qilish madaniyatini o'stiradi"24. O 'quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko'r gan narsalarini o'qituvchi yordam ida guruhlaydilar, ularni o'zaro taqqoslab, o'xshash va farqli tom onlarini topib aytadilar. Bular, o 'z navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga im kon beradi va tafakkurni o'stiradi. Tabiat hodisalari va predmetlarni idrok etish bilan bolalar ongida tabiatshunoslikka oid tushunchalar h osil bo'ladi. Bu tushunchalar ta’lim jarayonida y o narsalarni ( daraxt, olma, shaftoli, o'rik, olxo'ri, gul, o't kabi), y o ularning belgisini (me vali, mevasiz; achchiq, nordon, shirin; qizil, oq kabi), y o harakatini 24 Р о ж д е с т в е н с к и й H . С ., К у ст а р ев а В. А . М е т о д и к а н а ч а л ь н о г о о б у - ч е н и р у с с к о м у зы к у. — М .: „ П р о с в е щ е н и е " , 1965. с . 297. www.ziyouz.com kutubxonasi
(daraxt o'sadi, qush uchadi, bulbul sayraydi kabi) ifodalovchi so'zlar bilan bog'lanadi. M ehnat va rasm darslari ham, jism oniy tarbiya va ashula darslari ham, shuningdek, darsdan tashqari mashg'ulotlarda ham o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stirishga alohida ahamiyat qaratish zarur. O'quvchilar nutqini o'stirishda o'qituvchining nutq madaniyati katta ahamiyatga ega. O'qituvchi barcha darslarda, sinfdan va mak- tabdan tashqari m ashg'ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til m e ’yorlariga rioya qilgan holda ifodali, ta ’sirli so'zlashi, shuningdek,