Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)
tushunishni ko'zda tutadi. Bunday mashqlar ichida analitik m ashqlar ga, shuningdek, gapni kuzatish va eshitish, uni o'qishga m uhim o'rin beriladi. N am u n a asosidagi mashqlarga quyidagilar kiradi: 1. Gap ustida ishlashning eng oddiy, boshlang'ich, shu bilan birga, eng zaruriy shakli — namunani
o'qish (yozish ), intonatsiyasi, ifodaliligi ustida ishlash, gapning asosini va m azm unini tushuntirish, ba’zan esa gapni yodda saqlash, yodlash hisoblanadi. G apni o'qish va kuzatish nutq o'stirishga katta yordam beradi. G ap intonatsiyasi ustida ishlash gap m azm unini va b og'lan ishin i tu shunishga, nam unaga qarab, uni o'zlashtirish va yodda saqlashga, gap qurilishini yaxshi tushunishga yordam beradi. Bu jarayonda nutqdan www.ziyouz.com kutubxonasi
gapni intonatsiyaga qarab ajratishga, intonatsion tugallanganlikni ifodalashga, darak, so'roq va his-hayajon gaplarning intonatsiyasiga, uyushiq bo'lakli gapiar va b og'lovch isiz qo'shm a gaplardagi sanash ohanggiga, bog'langan qo'shm a gap intonatsiyasiga e ’tibor berish kerak. 2. Savol asosida gap tuzish. Bunda berilgan savol javob (gap tu zish) uchun asos bo'ladi va „namuna" vazifasini bajaradi. Savolda uning asosiy m azinunigina em as, balki barcha so'zlari va sintaktik qurilishining chizm asi ham beriladi. Masalan: Bolalar bog'da nima terdilar? (Bolalar bog'da olma terdilar). Savollar asta-sekin murakkablashtirib boriladi: bolalar oldin s o ' roq so'z o'rniga bir so'z qo'shib gap tuzgan bo'lsalar, keyinroq o'z so'zlarini ko'proq qo'shishga majbur bo'ladilar: