Bolalar bog'da nima qildilar? (Bolalar bog'da olma terdilar. Bolalar bog'da olma terdilar va uni savatlarga soldilar). Yoki „Bolalar qayerda bo'ldilar? Ular nima qildilar?" (Bolalar bog'da bo'ldilar. U lar olm a terdilar va savatlarga so ld ila r/ Sen tipratikan haqida nimalarni bilasan ? Nega qushlar uyasini buzish mumkin emas? kabi. Konstruktiv mashqlarga
gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi. Bunday mashqlar grammatik tushuncha va qoidaga asoslanadi. Konstruktiv mashqlarning turlari quyidagilar: 1. Aralash berilgan so ‘zlardan gap tuzish yoki tartibsiz beril gan gaplardan matn tuzish. Bunda so'zlar grammatik materialning o'rganilishiga qarab uch variantda berilishi mumkin: a) so'zlar tayyor ishlatiladigan shaklda beriladi: meva, bog'da, bog'bonlar, terdilar (Bog'bonlar bog'da meva terdilar)', b) o'rganilgan grammatik materialni hisobga olib, ayrim so'zlar bosh shaklda, boshqalari tayyor shaklda b e riladi. M asalan, „Otlarda birlik va ko'plik" mavzusi o'tilgach, paxta, dalada, bola, terdilar shaklida berilishi mumkin; v) barcha so'zlar bosh shaklda beriladi: koptok, hovli, bola, o'ynamoq. 2. N uqtalar qo ‘yilm agan, bosh h a r f yozilmagan matndan g a p la r ning chegarasini ajratish. Bu mashq bolalarni o'z nutqlarida gaplar ning chegarasini ajratishga, gapni to'g'ri o'qish va yozishga o'rgatadi. 3. Berilgan sodda gapni so ‘roqlar yordam ida bosqichli yoyish mashqi. Masalan: