Ona tili darslarini o ‘qish darslari bilan bog'lash
sintaksis va
punktuatsiya elementlari ustida ishlashning metodik shartlaridan
biri hisoblanadi. 0 ‘quvchilar bu darslarda sintaksis sohasidagi bilim-
lariga asoslangan holda ifodali o‘qish, so'zni aniq ishlatish, o ‘z fikr-
larini grammatik to‘g‘ri shakllantirishga o'rganadilar. Shunday qilib,
boshlang'ich sinf o'quvchilarining gap haqidagi elementar bilimlari
og'zaki va yozma nutqda gapdan ongli foydalanishni ta’minlaydi.
ORFOGRAFIYA 0 ‘QITISH
METODIKASI
O'qituvchi imloviy malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib,
kichik yoshdagi o'quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida
ishlash metodikasini belgilaydi.
Imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To'g'ri yozuv - maxsus
nutq faoliyati; yozuv ham murakkab harakat bo'lib, uning asosida nutq
yotadi. Imloviy malaka nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni
sintaktik jihatdan to'g'ri tuzish, so'zni uslubiy aniq qo'llashni ham o'z
ichiga oladi.
Imloviy malaka murakkab malaka bo'lib,
uzoq davom etadigan
mashqlar jarayonida yaratiladi va so'zni fonetik tomondan tahlil qilish,
uning morfemik tarkibini aniqlash ko'nikmasi kabilarga asoslanadi.
Psixologiya malakani avtomatik harakat, ya’ni mashqlar natijasida
asta-sekin avtomatlashgan ongli harakat deb belgilaydi. Avtomatla-
shish o'rganilgan imlo qoidasining oson yoki qiyinligiga bog'liq.
Imloviy malaka o'z tabiati bilan avtomatik hisoblanmaydi. Malaka
asosiga qo'yilgan ko'nikma mustahkamlanadi, takomillashadi,
yaxshi-
lanadi (harakat tezlashadi, aniq va to'g'ri bo'la boshlaydi, ishonarli va
tejamli bajariladi); shuning bilan birga, faoliyatning tuzilmasi qayta
quriladi: mayda birlik bilan ishlash kengroq, butun, qo'shilgan birliklar
bilan ishlashga o'tadi (masalan, so'zni harflab ko'chirish, bo'g'inlab
ko'chirish bilan, keyin so'zni yaxlit ko'chirish bilan, so'ngra u gapni
ko'chirish bilan almashadi). Bir
imlo malakasi avtomatlashadi, im
loga oid boshqa hodisa o'rganiladi va asta-sekin so'zni to'g'ri yozish
malakasi hosil bo'ladi. Umuman olganda, yozuv murakkab harakat
sifatida ongli jarayonligicha qoladi.
To'g'ri yozuv malakasining shakllanishi uchun o'quvchidan fikr-
lash faoliyati talab etiladi. Biror to'g'ri yozuv hodisasini o'zlashtirish
uchun o'quv va yodda saqlashgina emas, balki analiz va sintez
•
tatbiq etiladi. Bunda grammatik va imloviy hodisalarning o'xs! .
www.ziyouz.com kutubxonasi
va farqli tomonlarini aniqlash uchun taqqoslash
usulidan foydalanish
hamda so‘z va so‘z shakllarini ma’lum grammatik yoki grafik gu
ruhlarga ajratish, muayyan tizimga solish, tushuntirish va isbotlash
mashqlaridan foydalanish muhim o'rin tutadi.
Shunday qilib, orfografiyani o'rgatishda, grammatikani o'rgatish
kabi,
0
‘quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira
borish talab etiladi.
Imlo qoidasi ustida ishlash metodikasi. O'quvchilarda to ‘g‘ri
yozuv malakasini shakllantirish grammatik nazariyani va imlo qoi-
dasini o'zlashtirishga asoslanadi. Imlo qoidalari bir so‘znigina emas,
balki umumiylik mavjud bo'lgan butun so'zlar guruhining yozilishini
tartibga soladi. Bu xususiyati bilan u qoida
xat yozuvchini har bir
so'zni yodda saqlash, xotirlashdan qutqaradi va qoidaga amal qilib,
belgilangan m e’yorga muvofiq butun so'zlar guruhini yozish imkonini
yaratadi.
Imlo qoidasi grammatik umumiylik asosida birlashgan so'zlaming
yozilishini bir xillashtiradi. Bu yozma ravishdagi aloqani yengillashtiradi
va imlo qoidalarining ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlaydi.
Imlo qoidalarini grammatik, fonetik, so'z yasalishiga oid material-
larni m a’lum darajada biimasdan turib o'zlashtirish mumkin emas.
Grammatik nazariya imlo qoidalari uchun poydevor hisoblanadi.
Shuning uchun boshlang'ich sinflarda imlo
qoidasi shu qoidaga asos
bo'ladigan grammatik nazariyaga bog'liq holda o'rganiladi. Masalan,
shakl yasovchi qo'shimchalarning yozilishi haqidagi qoidalar ,,Ot“ ,
„Sifat", ,,Son“ , „Kishilik olmoshlari", ,,FeT ‘ mavzulari ichiga kiritil
gan. Materialning bunday joylashtirilishi grammatika bilan orfografi
yani bir-biriga bog'liq holda o‘rganishni ta’minlaydi.
Imlo qoidasi bevosita grammatik nazariya elementlaridan so'ng
o'rganiladi. Masalan, otlaming kelishiklar bilan turlanishi o'rganilgach,
kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqidagi ko'nikma shakllantiri
ladi. „Sifat" mavzusini o'rganish
Dostları ilə paylaş: