xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi.
Shu jihatdan tekshiruv diktantining ta’limiy ahamiyati katta. Imloviy
mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi.
Ta’kidiy diktantdan qoidani amaliyotga tatbiq etish usullarini yaxshi
bilib olish maqsadida foydalaniladi.
Matnni yozishdan oldin, uni yozish
jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o'quvchilar so'zni qanday yozishni va
nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar.
O'z diktant yoki yoddan yozuvda o'rganilgan imloviy qoida asosida
yoziladigan so'zlar bo'lgan matnni o'quvchilar o'zlari o'qib yodlaydilar
(ko'rib idrok qiladilar) yoki o'qituvchi rahbarligida eshitib yodlaydilar
(idrok qiladilar), keyin o'zlari mustaqil yozadilar.
Izohli diktant o'quvchilaming qobiliyatiga qarab ikki xil o'tkaziladi.
O'quvchi, odatda, o'qituvchining ko'rsatmasi bilan ma’lum so'zning
yozilishini diktant yozishdan oldin yoki keyin izohlaydi. So'zning
yozilishini bo'g'in-tovush, tovush-harf
tomondan tahlil qiladi, unga
qoidani tatbiq etadi. Masalan, „Kitob — bilim manbai" — Kitob: Ki
tob. Ikki bo'g'in. Birinchi bo'g'inida k, i; ikkinchi bo'g'inida t, o,
b tovushlari bor. Oxirgi b tovushi p tovushi tarzida talaffuz qilinadi.
Unda b yoki p tovushini ifodalovchi harfning yozilishini tekshirib aniq-
Iaymiz. Buning uchun so'z oxiriga i tovushini qo'shamiz va aytamiz:
kitobi.
В tovushi yozilar ekan'1 kabi izohlanadi.
Bu diktantda o'quvchilar qoidalarga oid so'zlaming tagiga
chizadilar.
Saylanma diktantda o'quvchilar diktovka qilingan gapiar yoki
matnning hammasini yozmaydilar. Uning o'qituvchining topshirig'iga
mos qisminigina (o'rganilgan qoida asosida yoziladigan so'zlarni,
so'z birikmalarini) yozadilar. Masalan, bosh harf bilan yoziladigan
so'zlarnigina yozish (1-sinf), qaratqich kelishigidagi so'zni u bog'langan
ot bilan yoki tushum kelishigidagi so'zni u bog'langan fe’l bilan birga
yozish (4-sinf) kabi. Saylanma diktant o'quvchilarda
imloviy ziyrak-
likni o'stiradi.
Erkin diktantda o'quvchilarga mazmunni buzmay, gap tuzilishini
o'zgartirish, bir so'zni unga yaqin ma’noli so'z bilan almashtirish
erkinligi beriladi. Diktant uchun 3—5 qismli matn tanlanadi. O'qituvchi
awal matnni bir marta ifodali o'qib beradi, so'ngra matn mazmuni
yuzasidan suhbat o'tkazadi. Ayrim qoidalarni eslatadi. Keyin matn
ning bir qismi qayta o'qib
beriladi, o'quvchilar uning mazmunini
yozadilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Erkin diktant imlo qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan
birga, o'quvchilar nutqini o'stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Rasm diktant predmet rasmini yoki o ‘zini ko'rsatib o'tkaziladi:
predmet rasmi ko'rsatiladi, o ‘quvchilaruningnom ini aytadilar va yozib
vergul qo'yadilar, ish shunday davom etadi (Birinchi so'z bosh harf
bilan, qolganlari qoidaga ko'ra yozilishi eslatiladi). Rasm diktantda
o'rganilgan qoidani, ayniqsa, o'quv yili davomida o'rganiladigan
imlosi qiyin so'zlarni to'g'ri yozishni puxtalash,
shuningdek, ularni
o'quvchilar qanday o'zlashtirganliklarini sinash maqsadi ko'zda
tutiladi.
O'qituvchi mazkur maqsaddan kelib chiqib, imloviy malakani
shakllantirish ustida ishlash bosqichini hisobga olgan holda, diktant
ning barcha turlaridan izchillik bilan foydalanadi.
Bayon o'quvchilaming lug'atini
boyitish, bog'lanishli nutqini
o'stirishga qaratilgan orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi.
Bayon orfografik mavzularni o'rganishning yakunlovchi bosqichida,
o'quvchilar qoidalarni bilib olib, uni tatbiq qilishga o'rganganlaridan
so'ng o'tkaziladi. Bayon yozganda o'rganilgan imlo qoidalarini to'g'ri
tatbiq etish ularning ongli o'zlashtirilganligini ko'rsatadi.
Dostları ilə paylaş: