xilma-xildir. B oshlang'ich sinflarda asosan: 1. Qahramonlik dostonlari; 2. Jangnom a dostonlar o'rganiladi. Xalqning qahramonona kurashlari qahramonlik dostonlarining paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. „Alpomish", „Yodgor" kabi xalq qah ramonlik dostonlarida fantaziya va romantik tasvirning kuchli bo'lishiga qaramay, ularning asosini xalq hayoti va kurashi, uning orzu-armonlari tashkil etadi. Xalqqa xos insonparvarlik, vatanparvarlik, qahramonlik, mardlik, mehnatsevarlik, do'stlik va sadoqat kabi olijanob fazilatlari xalq dostonlaridagi qahramonlar obrazida mujassamlashgan. B oshlang'ich sin f o'qish darsliklarida doston janriga kam o'rin berilgan. 3 -sin f „O'qish kitobi" da „Alpom ish", „Rustamxon" dos- tonlaridan parchalar berilgan bo'lsa, 4-sinfda M. Shayxzodaning „Toshkentnom a" dostoni keltirilgan. 3-sinfda o'quvchilarga doston haqida beriladigan m a’lum ot „Rustamxon" dostoniga bog'liq holda bayon etiladi. Darsda o'qituvchi doston haqida quyidagi m a’lum otlarni beradi: „D oston ham xalq og'zaki ijodining bir turidir. D oston d a xalq hayoti, kurashi va orzu-um idlari aks etadi". Boshlang'ich sinflarda dostonlardan berilgan parchalarda, asosan, qahram onlam ing bolalik davri aks etgan epizodlar keltiriladi. Bunda bolalam i qahramonlikka, Vatanga sadoqatli bo'lishga chorlovchi voqealar tasvirlanadi. 3 -s in f darsligidan o'rin olgan „Rustam xon", „Alpom ish" dostonlari xalq og'zaki ijodi mahsuli bo'lganligi uchun m u allif haqida m a’lum ot berilmaydi. Faqat bu dostonlar o'rganiladigan darslarda dostonni qo'shiq qilib aytadigan baxshilar haqida m a’lumot berish mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi