so‘rog‘iga javob bo'lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu — sifat;
gulladi
so‘zi
nima qildi?
so‘rog‘iga javob bo'lyapti, narsaning haraka
tini bildiryapti, bo'lishsiz shaklda qo'llanadi —
gullamadi,
bu - fe’l.
Boshlang'ich sinflar dasturi o'quvchilarni so'z turkumlari
mustaqil
va yordamchi so'z turkumlariga bo'linishi bilan maxsus tanishtirishni
ko'zda tutmaydi, ammo o'qituvchi bolalarni so'z turkumlarining bel
gilari bilan amaliy tanishtiradi.
So'z turkumlarini o'rganishdagi asosiy vazifa o'quvchilaming
og'zaki va yozma nutqini o'stirish, lug'atini yangi ot, sifat, son, fe’l-
lar bilan boyitish, o'quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan
so'zlaming ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog'lanishli
nutqda u
yoki bu so'zdan o'rinli foydalanish malakasini o'stirish hisoblanadi. Bu
vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so'z turkumlarini o'rganish
jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida mun
tazam ish olib boriladi, o'quvchilar ko'p ma’noli so'zlar, ulaming o'z
va ko'chma m a’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni
o'quvchilaming shaxsiy tajribalari, bevosita ko'rganlari, radiodan
eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog'lash muhim ahamiyatga
ega.
O'quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko'nikmalarini
shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir
vaqtda ularning nutqini o'stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.
OTNI 0 ‘RGANISH
M ETODIKASI
,,Ot“ mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon
bo'lib, bunda shu so'z turkumining umumlashtirilgan m a’nosi va
grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan
bog'liqlikda o'rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to'g'ri foydalanish
va to'g'ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan
mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Til hodisasi
sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari,
o'quvchilaming yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf
uchun material hajmi, ulami o'rganish izchilligi belgilangan.
Boshlang'ich sinflarda otni o'rganish vazifalari quyidagilar:
1) ,,ot“ haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
2)
kim?
so'rog'iga javob bo'lgan (shaxs bildirgan)
otlardan
nima?
so'rog'iga javob bo'lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildir
gan) otlarni farqlash ko'nikmasini hosil qilish;
www.ziyouz.com kutubxonasi
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo'yilgan
nomlar va geografik nomlami bosh harf bilan yozish ko'nikmasini
shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko'plikda qo'llanishi) bilan ta
nishtirish;
5) otlarni egalik qo'shimchalari bilan to'g'ri qo'llash ko'nikmasini
shakllantirish;
6) otlaming kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shim-
chalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o'quvchilar lug'atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda
aniq, o'rinli foydalanish malakasini o'stirish;
8) so'zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Bu vazifalarning
har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o'zaro
bog'liq holda hal etiladi. Shu bilan birga, ,,Ot“ mavzusini o'rganishning
muayyan bosqichida bajarish lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga
ko'proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1 —2-sinflarda so'z turkumi sifatida
otning belgilari (nimani bildirishi, so'roqlari) o'rganiladi, 3-sinfda esa
otga atama beriladi, birlik va ko'plikda qo'llanishini o'zlashtirishga aha
miyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishi,
kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishini
o'rganishga e’tibor qaratiladi. O'quvchilaming nutqi va tafakkurini
o'stirish vazifasi esa mavzuni o'rganishning
barcha bosqichlarida hal
qilinadi. Grammatik materialni o'rganish va orfografik malaka hosil
qilishning butun jarayoni o'quvchilar lug'atini boyitishga, bog'lanishli
nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o'stirishga qaratiladi.
So'z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik
belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlaming umumiy leksik ma’nosi
shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar
Dostları ilə paylaş: