K arim a q osim ova



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/286
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#207815
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   286
Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)

(kishi,
qush, hayvon, asalari), yer
va osmonga oid narsalar 
(quyosh, yulduz,
daryo, tog‘),
o'simliklar 
(paxta, beda, gul),
voqealar 
(yig‘in, majlis),
ta ­
biat hodisalari 
(shamol, bo'ron, yomg'ir, momaqaldiroq),
belgi-xususiyat 
(ahillik, kuchlilik, samimiyat),
harakat-holat 
(uyqu, sevinch, kurash),
o'rin va vaqt 
(yoz, bahor, joy)
nomlarini bildiradi.
Otlaming grammatik belgilari: otlar birlik va ko'plikda qo'llanadi, 
egalik qo'shimchalari bilan o'zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, 
gapda ko'proq ega, to'ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hoi va 
kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe’l bilan 
birika oladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Otning m a’nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning 
uchun ham ot haqidagi bilim o'quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish 
jarayonida asta shakllantira boriladi.
Otni o ‘rganishda izchillik. 
Otni o'rganishga tayyorlov bosqichi 
savod o'rgatish davriga to ‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o'quvchilar 
shaxs-narsalarni va ularning nomi bo'lgan so'zlarni farqlashga 
o'rganadilar, so'zning leksik ma’nosiga e’tibor ko'proq qaratiladi, 
ma’nolarini hisobga olgan holda so'zlar (qushlar, meva va sabzavot- 
lar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko'nikmasi 
shakllantiriladi. So'zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash mashqlari 
otlarni taqqoslash, o'xshash tomonlarini aniqlash, umumlashtirish 
ko'nikmasini o'stiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani 
shakllantirish uchun o'quvchilar so'zning aniq ma’nosini yetarli 
bilmaydilar, so'zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning 
grammatik belgilarini ham o'zlashtirish zarur.
Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari 
ustida maxsus ishlanadi 
(kim?'yoki nima?
so'rog'iga javob bo'lishi, 
shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O'quvchilar 
kim?
so'rog'iga 
javob bo'lgan otlarni 
nima?
so'rog'iga javob bo'lgan otlardan farq- 
lashni, ularni so'roq berish bilan ajratishni o'rganadilar, o'quvchilarda 
mavhum grammatik tafakkur o ‘sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh 
harf bilan yozish ko'nikmasi shakllana boradi.
2-sinfda otlaming leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) 
haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.
,,Ot“ tushunchasini shakllantirish uchun shu so'z turkumiga kiradi- 
gan otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo'lgan 
belgilarni, ularning nutqimizdagi o'rnini ko'rsatish muhim ahami­
yatga ega. Shu maqsadda mavzuni o'rganishga bag'ishlangan birinchi 
darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan so'zlar bir tizimga solinadi, 
kishilami, buyum, o'simliklar va hayvonlami, tabiat hodisalarini, 
voqealami bildiradigan so'zlar guruhlarga ajratiladi. Shu so'zlaming 
hammasi uchun umumiy bo'lgan belgilar aniqlanadi: bu so'zlar shaxs, 
narsalarni bildirib 
kim
?yoki 
nima?
so'rog'iga javob bo'ladi.
Dasturga ko'ra, boshlang'ich sinf o'quvchilarini sifat va boshqa 
so'z turkumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi (
yaxshilik, go'zallik,
ishonch, sevinch, o'kinch, qo‘rqinch, tayanch
kabi) otlar bilan ta­
nishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o'quvchilar qiziqib 
so'rasalar, otning bolalar o'rgangan belgilari asosida 
(nima?
so'rog'iga 
javob bo'lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi. Otlar- 
250
www.ziyouz.com kutubxonasi


ning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko'rsatish uchun 
0
‘qituvchi 
o'qish kitobidan matn tanlab, o’quvchilarga matndagi otlarni topishni, 
so‘ngra matnni shu so‘zlarsiz o'qishni topshiradi. O'quvchilar matn­
dagi otlarni tushirib qoldirib o‘qiganda, matn mazmunini tushunib 
bo'lmasligini anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o'rab olgan 
shaxs va narsalarning nomi, bu so'zlarsiz bir-birimizga o'z fikrimizni 
tushuntira olmaymiz.
O tlam ing birlik va ko'plikda qo'llanishi. 
3-sinfda „Otlar, ya’ni 
otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi" ustida ishlash jarayonida 
o'quvchilarda: 1) birlik va ko'plikda qo'llangan otlaming m a’nosi va 
qo'shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi oldan ko'plik shaklidagi va, 
aksincha, ko'plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda 
so'zlaming bog'lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to'g'ri 
foydalana olish ko'nikmalari shakllantiriladi.
Otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi taqqoslash usulidan 
foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday 
bir necha predmetni bildirgan otlar taqqoslanadi: 

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   286




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin