Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)
„M aym un bilan Najjor" masallari boshlang'ich sin f o'quvchilarining yoshiga m os keladi. Ularda do'stlik, rostgo'ylik, qo'lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g'oyalar ilgari suriladi. M a’lum ki, tarbiya ko'proq ta’lim jarayonida berib boriladi. B ola larga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg'usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo'ladi va bu orqali o'quvchilar m a’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-V atanga m ehr-m uhabbat, fidoyilik, m illiy g'urur, m atonat, m ehr-oqibat, do'stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo'ladi. Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo'pollik, qo'rslik, yolg'onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang'ich sin f „O 'qish kitobi" darsliklarida masal janriga kam o'rin berilgan. Vaholanki, bola tarbi yasida m asalning o'rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o'quvchi matndagi e ’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o'qib o'tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilm agan o'rinni, bo'shliqni to'ldiradi. 3 -sin f „O'qish kitobi“dan o'rin olgan „Q aysarbuzoqcha" (O .Q o 'ch - qorbekov) masali oilasi, o'rtoqlari, do'stlaridan ajralib, yom on yo'llarga kirib qolgan, oqibatda ko'ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalam i tar- biyalashda katta ahamiyatga ega. U shbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya’ni ota-bobolarim iz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan „Bo'Iinganni bo'ri yer" hikmatida o 'z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. Shoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan.