– bu guruhga
kiruvchi harajatlar 2 ta moddadan iborat, ularning nomi Nizomning 1.3 – punktida
keltirilgan.
Ishlab chiqarishga doir asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi – bu guruhga kiruvchi harajatlar 2ta moddadan iborat, ularning nomi Nizomning 1.4 –
punktida keltirilgan.
Ishlab chiqarishga doir boshqa harajatlar - bu guruhga kiruvchi harajatlar 9 ta
modda va 11 ta quyi moddadan iborat bo‗lib, ularning to‗liq ro‗ yxati Nizomning 1.5 –
punktida keltirilgan.
Ishlab chiqarish harajatlari hisobining vazifalari. Ishlab chiqarish harajatlari
bo‗ yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqarish harajatlarini ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga
mos ravishda hisobga olish;
Ishlab chiqarish harajatlarini to‗g‗ri turkumlash va guruhlarga ajratish;
Ishlab chiqarish harajatlarini to‗ g‗ri, o‗ z vaqtida va tegishli boshlang‗ich hujjatlar
bilan rasmiylashtirish ;
Ishlab chiqarish harajatlari bo‗ yicha moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari
ma‘ lumotlari va hisob ma‘ lumotlarini to‗ liq uyg‗ unligini ta‘ minlash;
Tugallangan ishlab chiqarish harajatlarini to‗g‗ri va o‗z vaqtida tayyor
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritish;
Tugallanmagan ishlab chiqarishga to‗g‗ri keladigan harajatlarni to‗g‗ri va o‗z
vaqtida hisobga olish, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda qayta ro‗ yxatdan
o‗tkazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to‗g‗ri aniqlash va hisobga olish;
Tannarxni oshib ketishiga sabab bo‗luvchi noratsional chiqimlarni vujudga kelish
sabablari va aybdorlarini topish, bnday chiqimlarga yo‗l qo‗ ymaslik uchun moddiy
javobgar shaxslar faoliyatini doimiy nazorat qilish;
Mavjud ishlab chiqarish zaxiralari va vositalaridan unumli foydalanish ustidan
nazorat o‗rnatish;
Ishlab chiqarish harajatlarini soliq solish bazasi ob‘ekti sifatida to‗ g‗ri
shakllantirish va boshqalar.