117
7.Olingan materialga to„g„ri keladigan QQS ushbu soliqni to„lovchi
korxonada
a) Asosiy ishlab chiqarish harajatiga kiradi
b) Yordamchi ishlab chiqarish harajatiga kiradi
v) Umumishlab chiqarish harajatiga kiradi
g) Hech qaysisiga kirmaydi
8.
Sexlarga o„rnatilgan signalizatsiya harajatlari:
a) 2010- schyotning debetida aks ettiriladi
b) 2310 –schyotning debetida aks ettiriladi
v) 2510 –schyotning debetida aks ettiriladi
g) Hech qaysisida aks ettirilmaydi
9.Umum xo„jalik harajatlari
a) 2010 va 2310 –schyotlarga yopiladi
B) Faqat 2310 – schyotga yopiladi
V) Faqat 2010 schyotga yopiladi
G) Faqat 2110 –schyotga yopiladi
10.Qaysi korxonada kelib tushgan materialga to„g„ri keladigan QQS ishlab
chiqarish harajatlariga kiritiladi?
A) Umumiy soliqlarni to‗lovchi korxonada
B) Yagona soliq to‗lovchi korxonada
V) Qurilish tashkilotida
G) Ishlab chiqarish firmasida
5.3.
Tayyor mahsulotlarning hisobi
Tayyor mahsulot
deganda
ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlaridan
o„tgan, ortiq qayta ishlovni talab qilmaydigan, o„ zining sifati bo„yicha davlat
standartlariga, texnik shartlarga javob beradigan va omborxonalarga qabul qilingan
tayyor buyumlar tushuniladi.
Korxonaning faoliyat turiga qarab u ishlab chiqargan
tayyor mahsulotlar turlicha
bo‗lishi mumkin. Masalan, mashinasozlik zavodining tayyor mahsuloti bo‗lib yengil yoki
yuk tashish avtomobillari, non kombinatining tayyor mahsuloti bo‗lib – non va non
mahsulotlari, qishloq xo‗jalik korxonasining tayyor mahsuloti bo‗lib yetishtirilgan meva-
sabzavotlar va boshqa mahsulotlar hisoblanadi.
Tayyor mahsulotlar korxonada olib borilgan ishlab chiqarish jarayonining pirovard
natijasi hisoblanadi. Ularni tayyorlashga ketgan harajatlar korxonaning ishlab chiqarish
harajatlarini, shuningdek tayyor mahsulotning tannarxini tashkil qiladi.
Tayyor mahsulotlar korxonalarning aylanma aktivlarining muhim turi hisoblanadi.
Ularning aylanish tezligi
talab va taklifga, sifatiga, ishlab chiqarilgan hajmiga, bahosiga
va boshqa omillarga bog‗liq bo‗ladi. O‗z navbatida tayyor mahsulotlarning haridorligiga
sotish hajmi, pul tushumlari, daromad va boshqa ko‗rsatkichlar bevosita bog‗liqdir.
118
Shuning uchun ham tayyor mahsulotlar buxgalteriya hisobining muhim ob‘ektlaridan biri
hisoblanadi.
4-son BXMS ga muvofiq tayyor mahsulotlar quyidagi baholarda hisobga olinadi:
Ishlab chiqarishdan olinganda – haqiqiy tannarxi bo‗ yicha;
Ta‘sischilardan olinganda – kelishuv bahosida;
Qaytarib bermaslik sharti bilan bepul kelib tushganda – ekspert yo‗li bilan
aniqlangan qiymatda;
Bahosini real aniqlash qiyin bo‗lgan buyumlar bo‗ yicha- rejali (normativ) bahoda.
Haridorgirligini yo‗qotgan, sifati past yoki shikastlangan
hollarda- sof sotish
qiymatida ( tannarxdan past bo‗lgan qiymatda).
Tayyor mahsulotlar qiymatini baholash xuddi ishlab chiqarish zahiralari kabi
korxona hisob siyosatida belgilangan FIFO yoki AVEKO usullardan birida amalga
oshirilishi mukin.
Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish harajatlarini
hisobga olish va tannarxni
kalkulyatsiya qilish yo‗ li bilan topiladi. Kalkulyatsiya, odatda bir xil nomdagi
mahsulotga (ish yoki xizmat turiga) tuziladi. Amaliyotda normativ (rejali ) kalkulyatsiya,
haqiqiy tannarx kalkulyatsiyasi kabi kalkulyatsiyaning turlari keng ishlatiladi.
Normativ (rejali) kalkulyatsiyada qabul qilingan mahsulot (ish, xizmat) birligining
tannarxi maxsus tasdiqlangan resepturalar asosida sarflanadigan
harajatlar summasini
ishlab chiqarishga mo‗ljallangan mahsulot(ish, xizmat)ning soniga bo‗lish yo‗li bilan
topiladi. Masalan, 100 porsiya palov (250 grammlik) tayyorlash uchun resepturada
quyidagi harajatlar ko‗ zda tutilgan deylik: go‗ sht –6 kg, guruch –25 kg, yog‗ –8 kg, sabzi
–20 kg, piyoz –3 kg, tuz va zirovarlar - 1 porsiyaga 5 so‗ m miqdorida. Ishlatiladigan
masalliqlar bozordan sotib olinadi. Ushbu shartli ma‘lumotlarga ko‗ra 1 porsiya
palovning normativ(rejali) tannarxini kalkulyatsiyasi quyidagicha bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: