119
uchun, fabrikada 1 kilogramm choyni qadoqlashning normativ (rejadagi) ishlab chiqarish
tannarxi kalkulyatsiyaga muvofiq – 1200 so‗ m, mart oyida 20 tonna choy qadoqlangan va
jami ketgan ishlab chiqarish harajatlari bosh kitob bo‗ yicha 25000000 so‗ m, unda 1
kilogramm qadoqlangan choyning haqiqiy tannarxi 1250 so‗ m bo‗ladi (25000000 /
20000 kg)., aprel oyida 25 tonna choy qadoqlangan va jami
ketgan ishlab chiqarish
harajatlari bosh kitob bo‗ yicha 30000000 so‗ m, unda 1 kilogramm qadoqlangan
choyning haqiqiy tannarxi 1200 so‗ mni tashkil etadi.
Agar korxonada hisobot davri davomida tayyor mahsulotlarning
harakati rejali
hisob baholarida hisobga olib borilgan bo‗lsa, u taqdirda hisobot davri oxirida haqiqiy
tannarx va hisob bahosi o‗rtasidagi farq aniqlanadi va ushbu summaga tuzatish yozuvlari
qilinadi. Ushbu yozuvlar to‗g‗risida keyinroq to‗xtalib o‗ tamiz.
Tannarxni kalkulyatsiyasi asosida mahsulot (ish, xizmat)ning sotish bahosi ham
kalkulyatsiya
qilinadi.
Sotish
bahosini
kalkulyatsiyasining
tannarxning
kalkulyatsiyasidan farqi shundaki, unda sotishda tannarx ustiga qo‗ yiladigan qo‗shimcha
qiymatlar hisobga olinadi. Bunday qiymatlar bo‗lib, jumladan
korxonaning rentabellik
darajasi bo‗ yicha oladigan foydasining summasi, aksiz solig‗i, qo‗shilgan qiymat solig‗i,
savdo ustamasi, ovqatlanish korxonasining ustamasi hisoblanadi.
Misol uchun, aroq
ishlab chiqaruvchi zavodda bir shisha aroq ni ( sig‗imi 0,5 litr) sotish bahosi
kalkulyatsiyasi taxminan quyidagicha bo‗ ladi.
Dostları ilə paylaş: