120
Sotish bahosi kalkulyatsiyasi ( restoranda)
Baho elementlari
Summa, so‗ mda
1. Bir shisha aroqning sotib olish bahosi
720
2. Savdo ustamasi 20%
144
3. Tovarni chakana sotish bahosi
864
4. Restoran xizmati ustamasi 30%
259
5. Aroqning restoran menyusidagi bahosi
1123
Tayyor mahsulotlar hisobining vazifalari.
Tayyor mahsulotlar bo‗ yicha
buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Tayyor mahsulotlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos
ravishda hisobga olish;
Tayyor mahsulotlarni to‗g‗ri turkumlash va guruhlarga ajratish;
Tayyor mahsulotni to‗g‗ri baholash;
Tayyor mahsulotla holati va harakatini to‗g‗ri, o‗z vaqtida va tegishli
boshlang‗ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
Tayyor mahsulotlarga moddiy javobgarlikni ta‘ minlash, moddiy javobgar
shaxslar tomonidan hisobotlarni to‗g‗ri va o‗z vaqtida tuzilishi, taqdim etilishini nazorat
qilish;
Tayyor mahsulotlarning butligini ta‘ minlash, buning uchun ularni belgilangan
muddatlarda qayta ro‗ yxatdan o‗tqazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to‗g‗ri
aniqlash va hisobga olish;
Tayyor mahsulotlarni o‗z vaqtida sotilishi, chunonchi tannarxdan past baholarda
sotilmasligi, omborlarda me‘ yoridan ortiq zahiralarni to‗planib qolinishiga yo‗l
qo‗ ymaslik ustidan nazorat o‗rnatish;
Tayyor mahsulotlarni asosli ravishda qayta baholash va uning natijalarini hisobda
to‗g‗ri aks ettirish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: