K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Chakana sotish
– bu tovarlarni oxirgi iste‘ molchiga sotish. Ushbu savdo turini olib 
boruvchi xo‗ jalik yurituvchi sub‘ektlar chakana savdo korxonalari deb ataladi. Chakana 
savdo korxonalariga ovqatlanish korxonalari ham tenglashtiriladi. Chakana savdoning 
harakterli xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 
Tovarlarni naqd pulga sotilishi; 
Tovarlarni savdo shahobchalarida savdo ustamalari bilan birga hisobga olinishi; 
Tovarlarni naqdsiz mayda ulgurji sotilishini chegaralanganligi; 
Har bir tovarning sotilishini hujjatli rasmiylashtirilmasligi, lekinda kassa apparati 
pattasi bilan sotish summasini qayd etilishi; 
Chakana savdo faoliyatini olib borish respublikamizda O‗zbekiston Vazirlar 
Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan «O‗zbekiston 
Respublikasida chakana savdo Qoidalari» tartibga solingan.
21- son BHMSda tovarlar hisobini olib borish uchun quyidagi schyotlar tizimi 
ko‗zda tutilgan: 
2910 «Ombordagi tovarlar»
– ushbu schyot asosan ulgurji savdo va ovqatlanish 
korxonalarida tovarlarning saqlanish joylaridagi (omborlardagi) holati va harakatini aks 
ettirishga mo‗ljallangan.
2920 «Chakana savdodagi tovarlar»
- ushbu schyot chakana savdo va 
ovqatlanish korxonalarida (magazinlar, kioskalar, bufet va boshqa shahobchalardagi) 
tovarlarning holati va harakatini aks ettirishga mo‗ljallangan. 
2930 «Ko„rgazmadagi tovarlar
» - ushbu schyot ulgurji, chakana va ovqatlanish 
korxonalarining reklama qilish maqsadida ko‗rgazmalar va yarmarkalarga qo‗ yilgan 
tovarlarini holati va harakatini aks ettirishga mo‗ljallangan. 
2940 «Vaqtincha foydalanishga beriladigan buyumlar»
– ushbu schyot maxsus 
shahobchalar orqali to‗ lov asosida vaqtincha foydalanishga qo‗ yilgan buyumlarni holati 
va harakatini aks ettirishga mo‗ljallangan. 
2950 «Tovar bilan bo„lgan va bo„sh turgan idishlar»
-ushbu schyot tovar bilan 
birga bo‗lgan va bo‗sh turgan idishlarning holati va harakatini aks ettirishga 
mo‗ljallangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin