133
o‗zining ushbu
hisob
-kitob schyoti raqamini, bankning nomi va kodini ko‗rsatishi shart
bo‗ladi.
Korxonaning
hisob
-kitob schyotiga pul mablag‗lari naqd va naqdsiz yo‗llar
bilan
kelib tushadi. Naqd pullar
hisob
-kitob schyotiga korxonaning o‗zi tomonidan topshiriladi.
Buning uchun kassir yoki pul topshirish vakolati berilgan boshqa shaxs bankda maxsus
―Naqd pul topshirishga e‘lon‖
hujjatini
to‗ldiradi. Ushbu
hujjat
uch
qismdan
iborat:
birinchi
qismi
naqd pul topshirishga e‘lon deb ataladi, ikkinchi
qismi
kvitansiya va
uchinchi
qismi
order deb ataladi.
Hujjatning
barcha
qismlari
bir
xil mazmundagi
yozuvlarga ega bo‗ladi, ya‘ni ularda
hisob
-kitob schyotining raqami, nima uchun va
qancha
pul topshirilayotganligi, shuningdek pulni topshirgan
shaxsning familiyasi, ismi-
sharifi va imzosi aks ettiriladi. Pul bank kassasiga topshirilgach, topshiruvchi shaxsning
qo‘liga
imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kvitansiya beriladi, e‘lon va order bankda
qoladi
. Oxirgi
hujjat
ham
bank ko‗ chirmasi bilan ilova sifatida korxonaga
qaytib
keladi.
Naqdsiz yo‗l bilan pul mablag‗lari korxonaning
hisob
-kitob
schyotiga boshqa
korxonalardan, davlat organlaridan, bankning o‗zidan kelib tushushi mumkin. Bunday pul
mablag‗lari bankda korxonaning
hisob
-kitob schyotiga to‗lov topshiriqnomalari, elektron
avizo, memorial-orderlar asosida kiritiladi.
Korxona
hisob
-kitob schyotidan pul mablag‗lari naqd va naqdsiz yo‗llar bilan
chiqim
qilinadi
. Pul mablag‗larini naqd olish uchun korxona bank tomonidan shartnomaga
muvofiq chek daftarchasi bilan ta‘ minlanadi. Ushbu daftarchaning
har
bir varag‗i ikki
qismdan
iborat bo‗lib, chap
qismi
koreshok, o‗ng
qismi
esa chek deb ataladi. Daftarchaga
kiritilgan cheklarning tartib raqamlari bosmaxona usulida oldindan yozilgan bo‗ladi. Naqd
pullar korxonaga chek asosida beriladi. Chekning yuza
qismida
pul olish vakolati berilgan
shaxsning familiyasi, ismi-sharifi, olinishi kerak bo‗lgan summaning miqdori ko‗rsatiladi,
chek rahbar va bosh
hisobchi
tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Chekning orqa tarafida olinayotgan pul mablag‗larining miqdori maqsadlari bo‗ yicha aks
ettiriladi, shuningdek pul oluvchi shaxsning imzosi va pasport bo‗ yicha ma‘lumotlari ,
uning imzosini
tasdiqlovchi rahbar va bosh
hisobchining
imzolari ko‗rsatiladi. Chek
bankda, uning koreshogi chek daftarchasida
qoladi
. Chek daftarchasida bo‗ yab va tuzatib
yozishlar mumkin emas, ularga
qo‘yiladigan
imzolar
ham
bankga berilgan imzo
namunalaridan farq
qilmasligi
kerak. Bu talablarga javob bermaydigan cheklar bank
tomonidan
qabul
qilinmaydi
va
buzilgan
hisoblanadi
, ularni
qaytadan
rasmiylashtirish,
buzilgan cheklarni daftarchaga
qaytadan
elimlab
qo‘yish
lozim. To‗liq foydalanilgan chek
daftarchalari bankga topshiriladi va uning o‗rniga yangi chek daftarchasi sotib olinadi.
Korxona
hisob
-kitob schyotidan pul mablag‗lari naqdsiz yo‗ l bilan boshqa
korxonalarga, davlat organlariga o‗tqazib beriladi, shuningdek bankning o‗zi orqali
shartnoma shartlariga ko‗ra ko‗rsatilgan xizmatlar uchun ushlab
qolinadi
. Pul mablag‗larini
naqdsiz chiqim
qilishga
asos bo‗lib to‗lov topshiriqnomalari, inkasso topshiriqnomalari,
bankning memorial orderlari
hisoblanadi
.
Dostları ilə paylaş: