K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Kassadagi pul mablag„larining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

6.2.Kassadagi pul mablag„larining 
hisobi
 
 
Kassadagi pul mablag‗larining 
hisobi
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan tasdiqlangan va O‗zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998 
yil 17 dekabrda 565-tartib raqami bilan ro‗ yxatga olingan «Yuridik shaxslar tomonidan 
kassa operatsiyalarini oshirish 
Qoidalari
»ga va ularga kiritilgan o‗zgartirishlar va 
qo‘shimchalarga
muvofiq olib boriladi. Ushbu me‘ yoriy 
hujjatga
asosan xo‗jalik 
yurituvchi sub‘ektlar kassa xo‗jaligini tashkil etishlari lozim. Kassa xo‗jaligi o‗z ichiga 
quyidagi
elementlarni oladi: 
Kassa bo‗ yicha moddiy javobgar shaxs, ya‘ni kassir, u bilan moddiy javobgarlik 
to‗g‗risida tuzilgan shartnoma; 
Tegishli xavfsizlik vositalari bilan ta‘ minlangan va jihozlangan kassa xonasi.
Ushbu xonaning eshik va derezalariga temir panjaralar o‗rnatilgan bo‗lishi, ichida temir 
seyflar, signalizatsiya va o‗t o‗chirish anjomlari bo‗lishi zarur; 
Kassa bo‗ yicha 
hujjatlar
tizimi, ya‘ ni kassa kitobi, kirim va chiqim kassa orderlari, 
ularni 
qayd
etish jurnali va boshqalar. 
Kassaga pul mablag‗lari turli manbalardan kelib tushadi, masalan bankdan, savdo 
shahobchalaridan, korxona xodimlaridan va boshqa manbalardan. Barcha 
hollarda
pul 
mablag‗lari kassaga «Kirim kassa orderi» 
hujjati
asosida 
qabul
qilinadi
. Ushbu barcha 
korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‗lgan 
hujjat
buxgalteriyada tuziladi, 
unga kirim va chiqim kassa orderlarini 
qayd
etish jurnali bo‗ yicha tartib raqami 
beriladi. Kirim kassa orderi chap va o‗ng tomonlarga bo‗linadi. Uning chap tomoni kirim 
kassa orderi deb atalib, unda pul mablag‗larining kimdan, 
qachon
, nima maqsadda va 
qancha
miqdorda olinganligi ko‗rsatiladi.
Hujjatning
o‗ng tomoni kirim kassa orderiga 
kvitansiya deb ataladi va unda 
ham
chap tomondagi yozuvlar bir xil mazmunda aks 
ettiriladi. Kirim kassa orderi bosh 
hisobchi
va pulni 
qabul
qilib
olgan kassir tomonidan 
imzolanadi. 
Hujjatning
chap tomoni kassirda 
qoladi
, o‗ng tomoni esa pulni topshirgan 
shaxsga beriladi.
Kassadan pul mablag‗lari turli maqsadlarda chiqim 
qilinadi
, masalan ish 
haqi

nafaqa, safar harajatlari va boshqa maqsadlarda, shuningdek kelib tushgan savdo tushumi
va boshqa maqsadlarda olingan pullar bankdagi korxonaning 
hisob
-kitob schyotiga
topshiriladi. Barcha 
hollarda
pul mablag‗ larining kassir bo‗ ynidan soqit etilishi «Chiqim 
kassa orderi» 
hujjati
bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu 
hujjat
ham
hamma
korxonalar uchun 
yagona shakl va mazmunga ega. Unda 
qachon
, kimga, nima uchun , 
qancha
miqdorda pul 
berilganligi, olgan shaxsning
haqiqatda
pulni 
qanday
hujjat
asosida olganligi to‗g‗ risida 
ma‘ lumotlar yoziladi. Chiqim kassa orderi korxona rahbari, bosh 
hisobchi
, kassir va pulni 
olgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Hujjatlar
sonini ko‗paytirib yubormaslik uchun 
kassadan ish 
haqi
, mukofat pullari, nafaqalar, safar harajatlari va boshqalar oldin 
kassadan
qaydnomalar
asosida berilishi, shundan so‗ng ularning umumiy summasiga 
bitta chiqim kassa orderi tuzilishi mumkin. Bunday 
hollarda
chiqim kassa orderlarida 


131 
ushbu 
qaydnomalarning
tartib raqamlari, 
qaydnomalarda
esa – chiqim kassa orderining 
tartib raqami ko‗ rsatiladi. Barcha chiqim kassa orderlariga kirim va chiqim kassa 
orderlarini 
qayd
etish jurnali bo‗ yicha tartib raqamlari beriladi.
Kirim va chiqim kassa orderlarida tuzatishlar, bo‗ yab yozishlar, bitta tartib raqamini 
takrorlanishi mumkin emas.
Kirim va chiqim kassa orderlari asosida kassir «Kassa kitobi»ni yuritadi. Ushbu 
kitob tikilgan, nomerlangan, korxona rahbari va bosh 
hisobchi
tomonidan imzolangan va 
korxona muhri bilan tasdiqlangan bo‗lishi lozim. Kitobning 
har
bir varag‗i ikki 
qismdan
iborat bo‗lib, o‗ng 
qismi
chap 
qismining
tagiga bukiladi, ular o‗rtasiga nusxa o‗tqazuvchi 
qog‘oz
qo‘yiladi
. Kassir kitobning chap 
qismiga
davr boshiga kassadagi pul 
mablag‗larining 
qoldig‘ini
, keyingi 
qatordan
boshlab oldin kirim kassa orderlari bo‗ yicha 
qabul
qilingan
pul mablag‗larini, keyin esa chiqim kassa orderlari bo‗ yicha pul 
mablag‗larini chiqimini alohida ustunchalarda ko‗rsatadi. Barcha kirim va chiqim kassa 
orderlari yozilgach, kirim va chiqim summalari jamlanadi. Kitobning so‗ngida kassir 
davr oxiriga kassada 
qolgan
pul mablag‗larining 
qoldig‘ini
, shu jumladan tarqatilmay 
qolingan
ish 
haqi
summasini, yozadi. Kassa kitobining o‗ng tomoni yirtib olinadi va 
hisobot
sifatida barcha kirim va chiqim 
hujjatlari
bilan birga imzolanib buxgalteriyaga 
topshiriladi. Kassirning 
hisoboti
buxgalter tomonidan tekshirib 
qabul
qilinadi

hisobotning
oxirgi 
qismida
unga nechta kirim va chiqim 
hujjatlari
kiritilganligi yoziladi 
va imzolanadi. Kassa kitobida 
ham
boshqa kassa 
hujjatlari
kabi bo‗ yab yozishlar, 
tuzatishlar mumkin emas. Buzilgan kassa kitobining varaqlari 
qayta
yoziladi, buzilgan 
varaqlar kitobda saqlanishi kerak. 
Buxgalteriyaga topshirilgan kassa 
hisoboti
va unga ilova 
qilingan
boshlang‗ich 
hujjatlar
kassadagi pul mablag‗larining sintetik va analitik 
hisobi
registrlarini ( 1-son 
jurnal-order va 1-son 
qaydnomani
) yuritishga asos bo‗ladi. 
Chet el valyutasi bo‗ yicha kassa operatsiyalari yuz bergan 
hollarda
, ularga doir 
muomalalar alohida kassa kitobida 
qayd
etiladi.
Kassadagi pul mablag‗larining sintetik 
hisobini
yuritish uchun 21- son BHMS da 
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‗lari» va 5020 «Chet el valyutasidagi pul 
mablag‗lari» schyotlar ko‗zda tutilgan. Ushbu aktiv schyotlarning debet tarafida pul 
mablag‗larining 
qoldiqlari
va davr maboynidagi kirimlari, kredit tarafida esa ularning 
chiqimlari aks ettiriladi. Ushbu schyotlar bo‗ yicha asosiy buxgalteriya yozuvlari 
quyidagilardan
iborat bo‗ladi. 
Tar-tib
raqami 
Operatsiyaning mazmuni 
Debet 
schet 
Kredit 
schet 
Yozuvga asos 
bo‗luvchi 
hujjat
1. 
Pul mablag‗larining tushumi: 
-bankdagi 
hisob
-kitob schyotidan 
-valyuta schetidan 
-ta‘sischilardan olinganda 
-
hisobdor
shaxslardan olinganda 
-kredit olinganda 
-
qarz
olinganda 

qaytarilmaydigan
moliyaviy yordam
-sotishdan olinganda
-xodimlardan 
qarzni
qoplanishi
5010- 
5020 
5110 
5210 
4610 
4220- 
4230 
6810 
6820 
9380 
9010-
9030 
Kirim 
Kassa 
Orderi


132 
-ortiqchalar evaziga 
-maqsadli mablag‗ lar 
4730 
9390 
8810-
8890 
2. 
Pul mablag‗larini chiqimi: 
-
hisob
-kitob schyotiga topshirilsa 
-valyuta schetiga topshirilsa 
-kredit 
qaytarilsa
-
qarz
qaytarilsa
-ish 
haqi
berilsa 
-safar harajatlari bo‗ yicha 
qarz
berilsa 
-xo‗jalik zaruriyatlariga berilsa 
-ish 
haqi
hisobidan
avans berilsa 
-safar harajatlari uchun avans 
-nafaqa berilsa 
-kelgusi davr uchun sarflansa 
-inkassatorlarga topshirilsa 
-kamomad chiqsa 
5110 
5210 
6810 
6820 
6710-
6720 
6970 
9420 
4210 
4220 
6520 
3110-
3190 
5710 
4730 
5010-
5020 
Chiqim kassa 
orderi 
Kassada turli pulli ekvivalentlar ( markalar, biletlar, yo‗ llanmalar va boshqalar ) 
saqlanishi mumkin. Bunday pulli ekvivalentlarning 
hisobi
mahsus 5610 « Pulli 
ekvivalentlar» schyotida 
hisobga
olinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin