Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash tartibi. Kasal kunlar uchun nafaqa
hisoblash
quyidagi
tartibda amalga oshiriladi.
1.Xodimga o‗tgan oyda
hisoblangan
ish
haqi
, shuningdek o‗rtacha oylik mukofotlar
summasi asos
qilib
olinadi va u kasal bo‗lgan oydagi kalendar ish kunlari soniga
159
bo‗linadi. Topilgan summa o‗rtacha bir kunlik to‗lov summasini beradi. Aytaylik,
yuqoridagi misolda keltirilgan buxgalterning dekabrdagi ish
haqi
20000 so‗ m, o‗rtacha
oylik mukofat summasi 5000 so‗ m bo‗lgan. Unda o‗rtacha bir kunlik to‗lov summasi
yanvar oyi uchun 1000 ( 25000 : 25 ) so‗ m bo‗ladi.
2.Kasal kunlarga nafaqa
hisoblash
uchun bir kunlik o‗rtacha to‗lov summasi
nafaqani to‗ lash koeffitsiyentiga ko‗ paytiriladi. Ushbu koeffitsiyent O‗zbekiston
Respublikasi Adliya Vazirligidan 2000 yil 19 yanvarda 873 –tartib raqami bilan
ro‗ yxatdan o‗tgan ―Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma‘ lumotnomalarini berish
to‗g‗risida Yo‗riqnoma‖, shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2002 yil 28 fevraldagi ―Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‗ yicha nafaqalar to‗lash
me‘ yorlarini takomillashtirish to‗g‗risida‖ gi 71-son
qaroriga
muvofiq 2002 yil 1 martda
boshlab xodimning xizmatlari, mehnat staji, kasallik toifasi, bolalarining soniga
qarab
quyidagicha
belgilangan:
1.Ish haqining 100 % miqdorida: Ikkinchi jahon urushining
qatnashchilari
hisoblangan
xodimlarga;
Baynalmilalchi jangchilarga va ularga tengashtirilgan shaxslarga;
Qaromog‘ida
16 yoshga (o‗quvchilar uchun –18 yosh) to‗lmagan uch nafar va
undan ko‗p farzandi bo‗lgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan xodimlarga,
Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya
qilingan
xodimlarga;
Ko‗chirilgan
qon
hosil
qiluvchi
organlar kasalliklari (o‗ tkir leykoz),
qalqonsimon
bez (adenoma, rak) va xavfli o‗smalar bilan bog‗lik kasalliklarga chalingan xodimlarga;
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob‘ektlarida
harbiy
xizmatni
o‗tagan pensiya yoshidagi shaxslar
qatoridan
nogiron xodimlarga;
Ishda shikastlangan va kasb kasalliklariga chalingan xodimlarga.
2.Oylik ish haqining 60 % dan 100% gacha bo„lgan miqdorda: Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo‗ yicha
hisobda
turuvchi xodimlarga, ular
tomonidan davlat ijtimoiy sug‗urtasiga badallar to‗lab kelinishi muddatiga (ish stajiga)
qarab
.
3.Oylik ish haqining 60%dan 80 % gacha bo„lgan miqdorda - qolgan
hollarda
,
xodimlarning umumiy ish stajiga
qarab
.
Davlatimiz
qonunlariga
muvofiq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik uchun
nafaqalar o‗z sog‗ligiga ataylab ziyon etkazilganda, mastlik yoki narkomaniya oqibatida,
jinoyat sodir etgan va ular bilan bog‗liq boshqa
hollarda
vujudga kelganda
hisoblanmaydi
va to‗lanmaydi.
Bizning misolda keltirilgan buxgalter barcha ko‗rsatkichlari bo‗ yicha uchinchi
guruh bo‗ yicha nafaqa oluvchi
hisoblanadi
. Shuning uchun uning bir kunlik nafaqa
summasi to‗lov koeffitsiyentiga ko‗ra 600 so‗ mni (1000 x 0,6 ) tashkil
qiladi
.
3.Bir kunlik nafaqa summasi kasal bo‗lgan kalendar ish kunlari soniga
ko‗paytiriladi. Topilgan summa kasal kunlar uchun
hisoblanadigan
nafaqaning
summasini bildiradi. Bizning misolimizda buxgalterga
hisoblanadigan
nafaqa summasi
6000 so‗ mni ( 600 x10) tashkil
qiladi
.
160
Ishbay ishlovchi xodimlarga kasal kunlar uchun nafaqa
hisoblashda
oxirgi ikki
oylik ish
haqi
va o‗rtacha oylik mukofat summasi asos
qilib
olinadi.
Qolgan
hisob
-
kitoblar yuqorida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi.