203
XI II -bob. MOLIYAVIY
HISOBOTNI
TUZI SH
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarda
hisob
jarayonining oxirgi bosqichi bo‗lgan
moliyaviy
hisobotni
tuzish mamlakatimizda O‗zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-son buyrug‗i bilan tasdiqlangan va O‗zbekiston
Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2003 yil 24 yanvarda 1209-tartib raqam bilan
ro‗ yxatga olingan «Moliyaviy
hisobot
shakllari va ularni to‗ldirish bo‗ yicha
Qoidalar
»
ga muvofiq amalga oshiriladi.
Quyida
moliyaviy
hisobotning
alohida shakllarini ushbu
Qoidalar
asosida tuzish tartibiga to‗xtalamiz.
13.1.Buxgalteriya balansini tuzish
Buxgalteriya balansi (1-son shakl)
hisobot
davrining boshi va oxiriga xo‗jalik
yurituvchi sub‘ektlarning aktivlari va ularning tashkil topish manbalarining
holatini
pulda
aks etuvchi
hisobot
shaklidir. Buxgalteriya balansini tuzish uchun joriy davr
yakunlangach
quyidagi
ishlar amalga oshirilishi lozim:
Bosh kitobda ochilgan barcha sintetik schyotlar yopiladi, ya‘ni ularning debet va
kredit oborotlari summalari jamlanadi va oxirgi
qoldiqlari
topiladi;
Bosh kitobda ochilgan sintetik schyotlarning bosh
qoldig‘i
, debet oboroti, kredit
oboroti
va oxirgi
qoldig‘ining
ularga ochilgan analitik schyotlarning (jurnal-orderlar,
qaydnomalar
, memorial-orderlar, kartochkalar va boshqalar) yig‗ ma ma‘ lumotlari ( mos
ravishda bosh
qoldiq
, debet oborot, kredit oborot, oxirgi
qoldiq
) bilan uyg‗unligi
ta‘ minlanadi. Bunday uyg‗unlikning bo‗lmasligi xo‗jalik operatsiyalarini buxgalteriya
hisobi
schyotlarida aks ettirishda xatoliklarga yo‗l
qo‘yilganligidan
darak beradi.
Uyg‗unlikni ta‘ minlash uchun schyotlarga yozuvlar analitik schyotlar bo‗ yicha
qayta
tekshirilib
chiqilishi lozim, tegishli
hollarda
aniqlikga erishish uchun o‗zaro
hisob
-
kitoblarning
holati
taqqoslama dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Barcha moddiy boyliklarni aks ettiruvchi schyotlar bo‗ yicha
hisob
ma‘ lumotlarini
aniqligi va ishonchliligini ta‘ minlash maqsadida ularning davr oxiridagi
holati
inventarizatsiya
qilinadi
. Bu, ayniqsa, pul mablag‗lariga, tovar-moddiy boyliklarga,
shuningdek
hisob
-kitoblarga bevosita taallluqlidir.
Hisobot
davri oxirigacha ikki-uch oy
oldin muddatda inventarizatsiyadan o‗tqazilgan
moddiy boyliklar, masalan asosiy
vositalar, nomoddiy aktivlar, tugallanmagan
qurilish
ishlari, bo‗ yicha inventarizatsiyadan
keyingi ma‘lumotlar hujjatlar asosida
qayta
ko‗rib chiqiladi.
Bosh kitobda ochilgan sintetik schyotlar bo‗ yicha yig‗ ma oborot
qaydnomasi
tuziladi, unda uchta juft tenglikni ( aktiv va passiv schyotlar bo‗ yicha mos ravishdagi
debet va kredit bosh
qoldiqlar
,
debet va kredit oborotlar, shuningdek debet va kredit
oxirgi
qoldiqlar
summalarining tengligi) mavjudligi tekshiriladi.
Yuqorida keltirilgan ishlar amalga oshirilgach, bevosita buxgalteriya
hisobi
schyotlarining oxirgi
qoldiq
ma‘ lumotlari asosida buxgalteriya
balansining tegishli
moddalariga
Qoidaga
muvofiq o‗tqaziladi. Kompyuterlashtirilgan buxgalteriya
hisobi
sharoitida schyotlarning ma‘lumotlari asosida buxgalteriya balansi avtomatik tarzda
shakllanadi. Buning uchun kompyuter xotirasida schyotlar va balans moddalari
o‗rtasidagi bog‗liklik klassifikatori, shuningdek bunday bog‗liqlik
asosida balans
moddalarini shakllantirish algoritmlari va dasturiy ta‘ minoti mavjud bo‗lishi lozim.
204
Buxgalteriya balansini tuzish uning tasdiqlangan shaklida keltirilgan rekvizitlarni
to‗ldirish, shunigdek uning
har
bir moddasi
qarshisiga
tegishli schyotlarning davr
oxiridagi
qoldiq
summalarini ming so‗ m
hisobida
yozish orqali amalga oshiriladi.
Summasi mavjud bo‗lmagan moddalar
qarshisiga
chiziqcha
qo‘yiladi
.
Balans
moddalarining summalari ikkita bo‗ lim, bo‗limlar ichida esa alohida guruhlar
bo‗ yicha jamlanadi va ular balansning alohida satrlarida ko‗rsatiladi. Ikkita bo‗lim
bo‗ yicha jamlangan summalar balansning oxirgi satrida
qo‘shib
yoziladi, ushbu summa
―balans valyutasi‖ deb ataladi va u korxonaning barcha aktivlarining va barcha
passivlarining umumiy summasini ifodalaydi.
Buxgalteriya balansining oxirida alohida jadval ko‗rinishida balansdan tashqari
schyotlarda
hisobga
olinadigan
qimmatliklarning
davr
boshi va oxiriga mavjudligi
to‗g‗risida ma‘lumotlar beriladi.
Buxgalteriya balansining satrlari
Qoidaga
muvofiq
quyidagi
tartibda to‗ldiriladi:
Dostları ilə paylaş: