246
XY –bob. AUDI TNING
HUQUQIY
VA TASHKILIY ASOSLARI
15.1.Auditning
huquqiy
asoslari
Audit, oldingi bobda aytib o‗tganimizdek, davlat tomonidan tartibga solinadigan
tizim. Bu
ham
ichki,
ham
tashqi auditga taalluqlidir.
Ichki
auditning
huquqiy
-me‘ yoriy asoslari respublikamizda «Korxonalar to‗g‗risida
Qonun
», «Buxgalteriya
hisobi
to‗g‗risida
Qonun
»
hamda
boshqa
Qonunlar
va me‘ yoriy
hujjatlarda
belgilangan. Ushbu
Qonunlar
va me‘ yoriy
hujjatlarga
muvofiq xo‗jalik
yurituvchi sub‘ektlarning rahbarlari ichki auditga doir
hujjatlarni
ishlab chiqishlari va
ularga amal
qilishlari
lozim.
Tashqi auditning
huquqiy
–me‘ yoriy asoslari respublikamizda yuqorida keltirilgan
qonunlardan
tashqari «Auditorlik faoliyati to‗g‗risida
Qonun
»,
hukumat
qarorlari
,
auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS), yo‗riqnomalar va boshqa me‘ yoriy
hujjatlarda
belgilangan.
29 ta moddadan iborat «Auditorlik faoliyati to‗g‗ risida
Qonun
» auditning
mohiyatini, uning turlari, maqsadi va vazifalarini, auditorlik faoliyati bilan
shug‗ullanuvchi tashkilotlarning statusini, ya‘ ni ularni
tuzish va yopish tartibini,
auditorlik faoliyatini litsenziyalash, litsenziyalarni to‗xtatish va bekor
qilish
tartibini,
auditorlik tashkilotlarining, shuningdek auditorlar va ularning yordamchilarining
huquqlari
, majburiyatlari
va javobgarliklarini, auditorlik tekshiruvi natijalarini
rasmiylashtirish va tadbiq etish tartibini belgilab beruvchi asosiy
hujjat
hisoblanadi
.
Qonunga
muvofiq tashqi audit respublikamizda faqatgina maxsus litsenziyaga ega
bo‗lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlari
qonunlarga
asosan faqat jismoniy shaxslar tomonidan xususiy korxonalar va
kompaniyalar statusida (ma‘suliyati
cheklangan jamiyat, firma, yopiq aksionerlik
jamiyati ko‗rinishlarida) tashkil etiladi. Davlat organlari va xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlarning ta‘sischiligida auditorlik tashkilotlarini tuzish
qat’iyan
man etiladi.
Auditorlik tashkilotlarini tuzishda, shuningdek ular faoliyatini litsenziyalashda
ma‘ lum
tartiblarga amal
qilinadi
, jumladan
Qonunning
5-moddasiga, shuningdek
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahkamasining 2000 yil 22
sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining
ahamiyatini oshirish to‗g‗risida» 365-son
qarori
va ushbu
qaror
bilan
tasdiqlangan
«Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish
tartibi to‗g‗risida Nizom» ga muvofiq:
auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori ta‘sis etish sanasida eng
kam ish
haqining
kamida 1200 barobariga teng bo‗lishi kerak;
ushbu ustav kapitalining eng kamida 51 foizi bitta yoki bir nechta auditorlarga
tegishli bo‗lishi kerak;
auditorlik tashkilotining shtati kamida ikkita auditordan tashkil topishi lozim;
auditorlik tashkilotining rahbari albatta auditor bo‗lishi kerak.
Auditorlik tashkilotlarining ustav kapitalini shakllantirish muddati boshqa yuridik
shaxslar singari tashkil etilgan kundan boshlab bir yil
hisoblanadi
. Ushbu muddatda o‗z
ustav kapitalini shakllantirmagan auditorlik tashkilotlari yuridik statusga ega
bo‗lmaydilar va
qonun
hujjatlariga
muvofiq yopilishi lozim.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyati bilan faqatgina litsenziya olgan kundan
boshlab shug‗ullanish
huquqiga
egadirlar. Litsenziya olgan kungacha o‗tqazilgan
auditorlik tekshiruvi
qonuniy
hisoblanmaydi
, ushbu tartibga amal
qilmagan
auditorlik
247
tashkilotlarining faoliyati Moliya Vazirligining buyrug‗i bilan to‗xtatiladi, tegishli
holda
uning litsenziyasi bekor
qilinadi
.
Qonunga
va Nizomga muvofiq auditorlik faoliyatini litsenziyalash O‗zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Olingan litsenziya faqat besh yil muddatda kuchga ega.
Ushbu muddat tugagach
auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini faqatgina yangi litsenziya olgan kundan boshlab
davom ettirishi mumkin.
Qonun
auditorlik tashkilotlarining xodimlari statusini belgilab beruvchi asosiy
hujjatdir
. Bunday xodimlar bo‗lib auditorlar, auditorlarning yordamchilari
hisoblanadi
.
Qonunga
muvofiq (3,4-moddalar):
auditor
– bu kvalifikatsion sertifikatga ega bo‗lgan jismoniy shaxs. Bunday
kvalifikatsion sertifikat O‗zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligi tomonidan
tasdiqlangan o‗quv dasturiga muvofiq maxsus kurslarni bitirgan va malaka sertifikati
uchun ushbu vazirlikning buyrug‗ i bilan tasdiqlangan davlat attestatsiyasi komissiyasiga
imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
Dostları ilə paylaş: