K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Ichki hujjatlar
deb korxonaning o‗zida tuzilgan, 
tashqi hujjatlar
deb esa 
korxonaga chetdan kelib tushgan hujjatlar tushuniladi. Masalan, tayyor mahsulotni 
jo‗natishda tuzilgan schyot-faktura ichki, materiallarni ta‘minotchilardan kelib 
tushganligini ko‗rsatuvchi schyot-faktura esa tashqi hujjat hisoblanadi. 
Tuzish usullariga ko„ ra
buxgalteriya hujjatlari qo‗lda va kompyuterlarda tuzilgan 
hujjatlarga bo‗linadi.
Buxgalteriya hisobida qo‗llaniladigan hujjatlar shakl va mazmuniga ko‗ra 
unifikatsiyalashtirish va standartlashtirish talablariga javob berishlari kerak. 
Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish
deganda bir xil mazmundagi operatsiyalarni
barcha korxonalarda yagona shakl va mazmundagi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi 
tushuniladi. Masalan, 1998 yil 1 yanvardan boshlab O‗zbekiston Respublikasida tovar-
moddiy zahiralarni sotish va sotib olish operatsiyalarini faqatgina tasdiqlangan yagona 
shakldagi schet –faktura bilan rasmiylashtirish tartibi qo‗llaniladi. Xuddi shunday tartib 
kassadagi va banklardagi pul mablag‗lari va boshqa aktivlarga doir operatsiyalarni 
hujjatlashtirishda ham ishlatiladi. 
Hujjatlarni standartlashtirish
deganda bir xil nomdagi hujjatlar uchun yagona 
razmer va shakllarni o‗rnatilishi tushuniladi. Yuqorida aytilgan schet-faktura va boshqa 
hujjatlar standart hujjatlarga misol bo‗la oladi. 
Buxgalteriya hisobi hujjati deb tan olinishi uchun hujjat ma‘lum talablarga javob 
berishi lozim. Bu talablarga quyidagilar kiradi: 
1.Hujjat aniq rekvizitlarga ega bo‗lishligi va bu rekvizitlar to‗lig‗icha ko‗rsatilgan 
bo‗lishligi kerak. Buxgalteriya hisobida qo‗llaniladigan hujjatlarning asosiy rekvizitlariga 
quyidagilar kiradi: 
Hujjatning nomi; 
Hujjatning tartib raqami 
Hujjatning tuzish sanasi 
Operatsiyada qatnashuvchi tomonlarning nomi, adresi, telefoni, bank 
rekvizitlari, soliq to‗lovchi sifatidagi identifikatsion raqami (STIR); 
Yuz bergan operatsiyaning mazmuni; 
Rahbar va bosh hisobchining familiyasi, ismi – sharifi; 
Operatsiyaga asos bo‗lgan hujjat (masalan, ishonchnomaning nomeri va sanasi); 
Operatsiyada bevosita qatnashgan shaxslarning familiyasi, ismi- sharifi. 
2.Hujjat imzolangan bo‗lishi kerak (rahbar, bosh hisobchi va operatsiyalarda 
qatnashgan boshqa shaxslar tomonidan). 
3.Hujjat korxonaning muhri bilan tasdiqlangan bo‗lishi kerak. 
4.Hujjat qalam bilan tuzilmagan bo‗lishi kerak; 
5.Hujjatning barcha nusxalari bir xil bo‗lishi lozim. 
Ushbu talablarning birontasiga amal qilinmay tuzilgan hujjat to‗liq yuridik kuchga 
ega bo‗lmaydi. 


41 
Buxgalteriya hisobida juda ko‗p nomdagi va sondagi hujjatlar tuziladi. Shuning 
uchun hujjatlar aylanishini to‗g‗ri tashkil etish, ularni belgilangan muddatlarda 
korxonada saqlash va davlat arxiviga belgilangan tartiblarda topshirish o‗ta muhim 
hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin