K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Ishlab chiqarish zahiralarini baholash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

 
 Ishlab chiqarish zahiralarini baholash. 
Ishlab chiqarish zaxiralari 4-son BHMS
«Tovar- moddiy zaxiralarga muvofiq (p.7) ularning tannarxi yoki sotilishini sof 
qiymatidan biri bo‗ yicha eng kichigini tanlash yo‗ li bilan baholanadi. 
Ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi-
bu ularni sotib olishga yoki ishlab 
chiqarishga ketgan barcha harajatlar majmuasi.
Sotib olingan ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi
ularni sotib olish 
qiymati, bojxona yig‗im va to‗lovlari, sertifikatsiya harajatlari, komissiya to‗lovi, 
transport-tayyorlov va boshqa sotib olishda ketgan harajatlarni o‗z ichiga oladi. 
Qo‗shilgan qiymat solig‗ini (QQS) to‗lovchi hisoblanmagan korxonalarda ishlab 
chiqarish zaxiralarini sotib olishda ta‘ minotchilarga to‗langan QQS ham ularning 
tannarxiga kiritiladi. QQS ni to‗lovchi korxonalarda zaxiralarni sotib olishda to‗langan 
QQS summasi byudjetga ushbu soliq bo‗ yicha qarzdan chegiriladi (zachetga olinadi). 
Ishlab chiqarilgan zaxiralarning tannarxi –
bu o‗z kuchi bilan ishlab chiqarilgan 
materiallar va boshqa zaxiralarga ketgan bevosita va bilvosita moddiy, mehnat va boshqa 
ustama harajatlar majmuasi. 
Sotishning sof qiymati
–bu ishlab chiqarish zaxirasining tannarxidan kichik 
qiymati bo‗lib, faqatgina ularni keragidan ko‗p miqdorda yig‗ilib qolganida bahoni 
pasaytirish hollarida vujudga keladi. Bunday holda ishlab chiqarish zaxiralari 
pasaytirilgan baholarda, ya‘ni sotishning sof qiymatida balansda aks ettiriladi. 
Ishlab chiqarish zaxiralari qiymati 4- son BHMS ga muvofiq ( p. 16-18 ) quyidagi 
usullarning birida baholanadi: 
FIFO –
zaxiralarni kelib tushish vaqtidagi bahosida chiqim qilish, ya‘ni birinchi 
tushum, birinchi chiqim
.
Ushbu usulda oldin kelgan zaxira oldin sarflanadi va ishlab 
chiqarish tannarxiga kelib tushgan bahosida kiritiladi, ushbu zaxira tugagach, keyingi 
tushgan zaxira tushgandagi bahosida sarflanadi va ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi. 
Ushbu usulning harakterli xususiyati shundaki, hisobot davri oxirida korxonada faqatgina 
oxirgi navbatda va baholarda kelib tushgan zaxiralar qoladi. Keyingi oyda qolgan 
zaxiraning chiqimi birinchi navbatda kelib tushgan bahosida ishlab chiqarish tannarxiga 
kiritiladi. Masalan, «A» material 5 yanvarda 1000 dona 100 sumdan jami 100000 sumga, 
15 yanvarda 2000 dona 150 sumdan 300000 sumga, 20 yanvarda 1000 dona 200 sumdan 
200000 sumga kelib tushdi. Aytaylik, yanvarda jami materiallardan 3500 donasi ishlab 
chiqarishga sarflandi. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilgan zaxiralarning qiymati ushbu 
usulda jami 500000 sumni tashkil etadi. Oy oxirida omborda 20 yanvarda kelib tushgan 
va ishlatilmay qolgan 500 dona material 200 sumdan jami 100000 sumga zaxira bo‗lib
qoladi. Keyingi oyda ushbu materialni ishlab chiqarishga sarflanishi aynan shu bahoda, 
ya‘ ni 200 sumdan chiqim qilinadi. 


101 
AVEKO-
bu zaxiralar qiymatini o‗rtacha narxlardagi baholar bo‗ yicha hisobdan 
chiqarish usuli. Yuqoridagi misolimizda kelib tushgan bir dona materialning o‗rtacha 
qiymati 150 so‗ mni ( 600000/4000) , ishlab chiqarishga sarflangan materialning qiymati 
525000 sumni (3500* 150 ) va oy oxirida qolgan materiallar qiymati 75000 so‗ mni 
(500*150) tashkil etadi. 
LIFO-
bu zaxiralarni oxirgi tushum bahosidan boshlab hisobdan chiqarish usuli. 
Yuqoridagi misolda ishlab chiqarishga sarflangan materiallar qiymati 550000 sumni ( 
1000*200+2000*150+500*100), oy ixirida qolgan materiallar qiymati –50000 sumni 
(500*100) tashkil etadi. Baholarni o‗sib borishi yuz berayotgan sharoitda ushbu usul
dastlab tannarxni oshishiga, keyinchalik esa kamayishiga, oy oxirida eski narxlardagi 
materiallarni omborlarda qolib ketishiga olib keladi. Shuning uchun materiallarni ko‗ p 
martalab qayta baholash zaruriyati tug‗iladi.
Zaxiralarning yuqorida keltirilgan usullari ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
tannarxiga va ularning qoldiq qiymatiga turlicha ta‘sir ko‗rsatadi. Chunonchi, eng kichik 
tannarx va eng katta zaxiralar qoldig‗i FIFOda, eng katta tannarx va eng kichik zaxiralar 
qoldig‗i LIFO da yuz beradi. Bizning misolimizda, jumladan bu quyidagicha: 
KO‗RSATKICHL
AR 
FIFO 
AVEKO 
LIFO 
Tannarx 
500000 
525000 
550000 
Zaxira qoldig‗i 
100000 
75000 
50000 
Ishlab chiqarish zaxiralari qiymatini baholash usullari tannarx orqali foydaga, u 
orqali esa foydadan( daromaddan) olinadigan soliqlarga ham turlicha ta‘sir ko‗rsatadi. 
Misol uchun zaxiralardan 3500 donasi 250 sumdan sotildi deylik. Bunda korxonaning 
sotishdan olgan foydasi va foydadan olinadigan soliqlar (davr harajatlari , soliq bazasiga 
qayta qo‗shiladigan harajatlar va imtiyozlar hisobga olinmagan shartli ravishda) 
quyidagicha bo‗ladi.
KO‗RSATKICHLAR 
FIFO 
AVEKO 
LIFO 
Sof tushum 
875000 
875000 
875000 
Tannarx 
500000 
525000 
550000 
Foyda 
375000 
350000 
325000 
Foyda solig‗i, 20% 
75000 
70000 
65000 
Infrastruktura- 
ni rivojlanti- 
rish solig‗ i, 8% 
24000 
22400 
20800 
Misoldan ko‗rinib turibdiki, eng katta foydadan olinadigan soliqlar FIFO da, eng 
kichigi esa LIFO da namoyon bo‗ladi. 
BXMS №4 ga muvofiq (p.17 ) O‗zbekiston Respublikasida ko‗proq e‘tiborli 
bo‗lgan FIFO va AVEKO usullarni qo‗llash ko‗zda tutilgan, LIFO usulini qo‗llash
ko‗zda tutilmagan.

Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar ishlab chiqarish zaxiralarining qiymatini 
baholashning yuqorida keltirilgan FIFO va AVEKO usullaridan birini tanlab olishlari va 
uni o‗zlarining hisob siyosatlarida ko‗rsatishlari kerak. Bir vaqtning o‗zida ikki usulni


102 
qo‗llash ta‘ qiqlanadi. Bir usuldan ikkinchisiga asos bo‗lganda o‗ tish mumkin va bu 
to‗g‗rida hisob siyosatiga kiritilgan o‗zgaritirishlar tegishli organlarga yetkazilishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin