K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Inventarlar va xo„jalik buyumlarining hisobi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Inventarlar va xo„jalik buyumlarining hisobi 
 
Inventarlar va xo„jalik buyumlari –
bu quyidagi shartlarning biriga javob 
beruvchi mehnat vositalari va predmetlari (xo‗jalik inventarlari):
a) xizmat muddati 1 yildan kam bo‗lgan; 
b) qiymati bir birlikga sotib olish chog‗ ida O‗zbekiston Respublikasida mavjud 
bo‗lgan eng kam ish haqining 50 barobarigacha bo‗lgan. 
Qiymatidan qat‘iy nazar inventarlar va xo‗ jalik buyumlariga quyidagilar kiradi: 
Maxsus instrumentlar va moslamalar; 
Maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus payofzal; 
O‗rindiq buyumlari (ko‗rpa, yostiq, choyshab va shu kabilar.); 
Kanselyariya buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar); 
Oshxona inventarlari (qoshiq, vilka, qozon, choynik-piyolalar, pichoq, skatert va 
shu kabilar); 
Vaqtinchalik moslama va qurilmalar (titulsiz inshoatlar)- taxta yo‗lkalar, yuvinish 
xonalari, hojatxona va shu kabi qurilish-montaj ishlari tugagach ularning qiymatiga 
kiruvchi moslamalar; 
Xizmat muddati bir yilgacha bo‗lgan smena jihozlari; 
Baliq ovlash qurollari (qarmoq, to‗r va shu kabilar). 
Buxgalteriya hisobida inventarlar va xo‗jalik buyumlari turgan joyiga qarab aks 
ettiriladi. Ushbu belgisiga ko‗ ra ular ikki guruhga bo‗linadi: 
Ombordagi inventarlar va xo‗jalik buyumlari. 
Foydalanishdagi inventarlar va xo‗ jalik buyumlari.
Mos ravishda inventarlar va xo‗jalik buyumlari quyidagi schetlarda hisobga 
olinadi: 
1.Ombordagi zahiralar - 1080 «Inventarlar va xo‗jalik buyumlari» schyotida. 
2. Foydalanishdagi qismi – 014 « Foydalanishdagi inventarlar va xo‗jalik 
buyumlari» balansdan tashqari schyotda. 
Korxonaga barcha manbalardan kelib tushgan inventarlar va xo‗jalik buyumlari 
(ta‘ minotchilardan, ta‘sischilardan, bepul berilgan va boshqalar) № 1080 «Inventarlar va 
xo‗jalik 
buyumlari» 
schetiga 
kirim 
qilinadi 
(Debet 
1080 
Kredit 
6010,4610,8530,4220,6990,1010-1090, 4110,9390,5010 va boshqalar). 
Ombordan foydadanishga berilgan inventarlar va xo‗jalik buyumlari birdaniga 
harajatlar schyotlariga hisobdan chiqariladi (Debet 2010,0810,9410,9420 va boshqa 
schyotlar Kredit 1080). Bir vaqtning o‗ zida ishlatishga berilgan inventar va xo‗ jalik 
buyumlari 014- balansdan tashqari schetning kirimida aks ettiriladi. Ushbu schyotdan 
ular xizmat muddati tugaganda, foydalanishga yaroqsiz holatga kelganida maxsus 
dalolatnomalar asosida chiqim qilinadi. 
Inventarlar va xo‗jalik buyumlarining sotilishi, bepul berilishi, ta‘ sis badali sifatida 
kiritilishi 9220 «Boshqa aktivlarni sotilishi va turli chiqimlari» schetining debetida va 
1080- schetning kreditida tannarxi bo‗ yicha aks ettiriladi. 


110 
Inventarlar va xo‗ jalik buyumlarining analitik hisobi moddiy javobgar shaxslar 
bo‗ yicha ularning nomlari, baholari va boshqa belgilariga qarab yuritiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin