Korxonaning sof foydasi hisobidan . O‗zbekiston Respublikasi
qonunlari
va
ta‘sis
hujjatlariga
muvofiq korxonalar o‗ zlarining sof foydasi evaziga rezerv kapitalini
shakllantirishlari mumkin. Rezerv kapitaliga
qilingan
ajratmalar debet 8710 ―
Hisobot
davrning taqsimlanmagan foydasi (
qoplanmagan
zarari)‖ va kredit 8520 ― Rezerv
kapitali‖ schyotining kreditida aks ettiriladi. Shakllangan rezerv kapitali korxonalarda
turli maqsadlarda, jumladan aksionerlik jamiyatlarida imtiyozli aksiyalar bo‗ yicha
dividendlarni to‗lash uchun,
hisobot
yilda ko‗rilgan zararlarni
qoplash
uchun va boshqa
maqsadlarda ishlatiladi. Rezerv kapitalini ishlatilishi 8520 ― Rezerv kapitali‖ schyotining
debetida va 6610 ―To‗ lanadigan dividendlar‖ , 8710 ―
Hisobot
davrning taqsimlanmagan
foydasi (
qoplanmagan
zarari)‖ va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
Qaytarib bermaslik sharti bilan kelib tushgan mulk evaziga . Bunday yo‗l
bilan vujudga kelgan rezerv kapitali 8530 ― Bepul olingan mulk‖ schyotining kreditida va
kelib tushgan mulkni aks ettiruvchi schyotlarning ( 0110-0190,0710-0720,0610, 0800,
1000, 5810 ) debetida aks ettiriladi. Soliq Kodeksiga muvofiq bepul kelib tushgan
mulklar bitta tizim korxonalarida yuqori tashkilotning
qarori
bilan balansdan balansa
o‗tqazish tarzida amalga oshirilgan bo‗lsa, daromad solig‗iga tortilmaydi. Boshqa
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarda bepul kelib tushgan mulk ularning yalpi daromadiga
kiradi va soliqga tortiladi.
Rezerv kapitali schyotlari bo‗ yicha analitik
hisob
uning turlari va tashkil topish
manbalariga
qarab
yuritiladi.
9.4.Maqsadli tushumlarning hisobi Korxonalarning xususiy kapitaliga unga turli manbalardan kelib tushgan maqsadli
tushumlar
ham
kiradi. Maqsadli tushumlarning asosiy turlari bo‗lib
quyidagilar
hisoblanadi
:
Grantlar - bu korxonaga
qaytarib
olinmaslik sharti bilan davlat, nodavlat,
xalqaro tashkilot va fondlardan aniq maqsadlar uchun kelib tushgan moddiy va
nomoddiy mablag‗lar majmuasi. Ushbu mablag‗lar faqatgina
qat’iy
maqsadlarga
ishlatilishi lozim. 21-son BHMS ga muvofiq grantlarning
hisobi
8810 «Grantlar»
schyotida olib boriladi. Grantlarning olinishi va kelib tushushi ushbu passiv schyotning
kreditida mablag‗ larni aks ettirishga mo‗ljallangan schyotlarning (0110-0190, 0410-0490,
0610, 5810, 1010-1090, 2810, 2910-2990, 5010, 5110, 5210 ,4890 va boshqa schyotlar)
debeti bo‗ yicha korrespondensiyalangan
holda
aks ettiriladi. Olingan grantlarning
ishlatilishi grantlar asosida faoliyat ko‗rsatayotgan nodavlat tashkilotlarida 8810
«Grantlar» schyotining debetida va harajatlar schyotlarining ( 2010,2310,2510,9420,9430
va boshqalar) kreditida aks ettiriladi. Xo‗jalik yurituvchi korxonalarda olingan grantlar
ustav kapitaliga va rezerv kapitaliga
qo‘shilishi
mumkin. Bunday
hollarda
8810
«Grantlar» schyoti debetlanadi va 8300 «Ustav kapitali», 8530 «Bepul olingan mulk»
schyotlari kreditlanadi. Grantlarning analitik
hisobi
ularning turlari va maqsadlari
bo‗ yicha yuritiladi.