64
mehnat vaqti va qiymati, shuningdek boshqa harajatlar ko‗rsatiladi. Dalolatnoma joriy
ta‘ mirlashga ma‘sul shaxslar tomonidan imzolanadi, korxona rahbari tomonidan
tasdiqlanadi.
Kapital ta‟mirlash deganda
, ma‘lum bir vaqtdan keyin ( odatda, bir yildan keyin )
asosiy vositalarni to‗liq qismlarga ajratish, kerak bo‗lganda u yoki bu layoqatsiz bo‗lib
qolgan qismlarni to‗liq almashtirish bo‗ yicha bajarilgan ta‘ mirlash ishlari tushuniladi.
Kapital ta‘ mirlash xajmi, murakkabligi va qiymati bo‗ yicha joriy ta‘mirlashdan katta farq
kiladi. Kapital ta‘ mirlash ishlari maxsus kapital ta‘ mirlash dalolatnomasi bilan
rasmiylashtiriladi.
Qabul qilingan buxgalteriya hisobi to‗g‗risida Qonunga, Solik Kodeksiga, mahsulot
(ish,xizmat)ni ishlab chiqarish va sotish bo‗ yicha harajatlar tarkibi va moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to‗g‗risida Nizomga, BXMS №1 «Hisob siyosati va
moliyaviy hisobot»ga muvofiq korxonalar joriy va kapital ta‘ mirlashni mablag‗ bilan
ta‘ minlashni quyidagi ikki usulning birida amalga oshirishlari va tanlangan usulni
o‗zlarining hisob siyosatlarida belgilab olishlari lozim :
Ta‟mirlash uchun maxsus rezerv tashkil etish va barcha harajatlarni ushbu rezerv
hisobidan koplash usuli
Ta‟mirlash ishlari kiymatini rezerv tashkil etmasdan harajatlarga bevosita olib
borish usuli
Birinchi usulda korxona ta‘ mirlash ishlari uchun har oyda o‗ zi belgilab qo‗ ygan
me‘ yorlarda maxsus rezervga ajratmalar qilib boradi. Joriy va kapital ta‘ mirlash ishlari
yakunlangan oyda ularning qiymati tegishli tasdiqlangan dalolatnomalar asosida rezerv
evaziga hisobdan chiqariladi. Yil oxirida ta‘mirlash uchun tashkil etilgan rezervning
ishlatilmay qolingan qismi harajatlarni kamaytirishga olib boriladi yoki soliq bazasiga
qayta kiritish sharti bilan kelgusi yilga o‗ tqaziladi.
Ta‘ mirlash uchun maxsus rezerv tashkil etilganda tuzilgan raschet asosida quyidagi
buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Dostları ilə paylaş: