66
Boshlang‗ ich qiymat – Likvidatsion qiymat
As = -------------------------------------------------------------
(1)
Xizmat muddati
Qoldiq qiymat ko‗zda tutilmagan asosiy vositalar bo‗ yicha
Boshlang‗ ich qiymat
As = ------------------------------
(2)
Xizmat muddati
Barcha asosiy vositalar bo‗ yicha likvidatsion qiymatni belgilangan miqdorlari yoki
ularni belgilanmaganligi ham korxonalarning buyruq bilan tasdiqlangan hisob
siyosatlarida to‗liq o‗z aksini topishi lozim.
Hisob siyosatida asosiy vositalar bo‗ yicha foydali xizmat muddati ichida jamlanib
boruvchi amortizatsiyani (eskirishni) hisoblash usullari ham belgilab olingan bo‗lishi
kerak.
BXMS №5 «Asosiy vositalar» ga muvofiq (p.23,24) jamlangan amortizatsiya
(eskirish) ni hisoblash qo‗ yidagi usullar bo‗ yicha amalga oshirilishi mumkin:
Bir maromda hisoblash;
Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash;
Xizmat yillari yig‗ indisiga proporsional hisoblash (kumulyativ usul);
Kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblash.
Hisob siyosatida amortizatsiya (eskirish) ni hisoblashning u yoki bu usulini doimiy
tarzda tanlab olish yoki har to‗rtta usulni bir vaqtning o‗zida u yoki bu asosiy vositalar
bo‗ yicha belgilab olish mumkin. Shuni ta‘ kidlash joizki, ushbu usullarni qo‗llashda
amortizatsiya (eskirish) summasi turlicha bo‗ lishi va u Soliq Kodeksida ko‗zda tutilgan
bir maromda hisoblab chiqildan miqdordan kam yoki ko‗p bo‗lishi mumkin. Shuning
hisob siyosatida kam yoki ko‗p hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasini soliqga
tortish jihatlari ham aniq belgilab olingan bo‗lishi lozim.
Amortizatsiya (eskirish) ni hisoblash usullarining moxiyatini, ularning solik solish
bazasiga ta‘sirini qo‗ yidagi misol asosida ko‗rib chiqaylik.
Aytaylik, avtomashinaning
boshlang„ich qiymati – 1000000 so„ m, korxona tomonidan ko„zda tutilgan likvidatsion
qiymat – 100000 so„m, xizmat muddati – 5 yil, yillik eskirish me‟ yori – 20%. Texnik
pasportida xizmat muddati davrida ko„zda tutilgan ish hajmi (soatlarda) – 10000 soat.
Mashinaning haqiqatda ishlagan vaqti hisob ma‟lumotlari bo„yicha 1-yilda – 2000 soat,
2-yilda – 3000 soat, 3-yilda – 2500 soat, 4-yilda – 1500 soat, 5-yilda – 1000 soat.
Dostları ilə paylaş: