Sotuvchi – bu lizing beruvchiga lizing ob‘ektini sotgan shaxs (sub‘ekt).
Lizing ob‟ekti –bu iste‘ mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan,
korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari
hamda boshqa ko‗ char va ko‗chmas mulk. Yer uchastkalari va boshka tabiat ob‘ektlari,
shuningdek erkin muomalada bo‗lishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan yoki muomalada
bo‗lishining maxsus tartibi belgilangan mol-mulk ( masalan, harbiy texnika, qurol-
aslahalar, xom-ashyo va materiallar, tovarlar, pul mablag‗lari, qimmatli kog‗ozlar va shu
kabilar) lizing ob‘ ekti bo‗lishi mumkin emas.
Lizing moliyaviy va operativ ( joriy ) lizingga bo‗linadi.
Moliyaviy lizing – bu lizingni shunday turi bo‗lib, unda lizing ob‘ ektiga mulkiy
huquq va undan kelib chiqadigan risk va manfaatdorlikning asosiy qismi lizing
shartnomasiga muvofiq lizing oluvchiga o‗tadi. Lizingni ushbu turida lizing shartnomasi
muddatini tugashi bilan lizing ob‘ekti lizing oluvchining mulkiga o‗tadi, agarda
shartnomada boshqa holat ko‗zda tutilmagan bo‗lsa. Moliviy lizing deb tan olinish uchun
lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
lizing muddati tugagach, lizing ob‘ekti lizing oluvchining mulkiga o‗ tsa;
lizing shartnomasi muddati lizing ob‘ektining xizmat muddatidan 80 % dan
ortig‗ini tashkil qilsa yoki lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing ob‘ektining qoldiq
qiymati uning boshlang‗ich qiymatining 20 % dan kamini tashkil etsa ;
lizing oluvchi lizing ob‘ektini qat‘iy belgilangan narxda sotib olish huquqiga ega
bo‗lsa;
lizing shartnomasi davridagi to‗lovlarning umumiy summasi lizing ob‘ekti
qiymatining 90 % idan ortig‗ini tashkil qilsa.
Operativ ( joriy ) lizing – bu lizingni shunday turi bo‗lib, unda tuzilgan lizing
shartnomasi moliyaviy lizing shartnomasiga qo‗ yilgan talablarning birontasiga ham
to‗g‗ri kelmasligi kerak. Operativ lizingning muddati , odatda, bir yildan oshmaydi,
ushbu muddat tugagach lizing ob‘ekti lizing oluvchidan lizing beruvchiga qaytariladi.
Lizing beruvchi lizing ob‘ektini o‗z balansidan chiqarmaydi, lizing oluvchi esa uni o‗z
balansiga qabul etmaydi. Demak, operativ lizingda lizing beruvchi lizing oluvchiga lizing
ob‘ektidan vaqtinchalik foydalanish huquqini hak tulash sharti bilan beradi. Lizing
shartnomasi muddati tugashi bilan lizing ob‘ekti lizing oluvchidan lizing beruvchiga
qaytariladi.
Sublizing- bu lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchining roziligi bilan lizing
oyu‘ektini boshqa uchunchi shaxs (sub‘ekt)ga ijaraga berilishi. Bunda lizing beruvchi
sotuvchiga, lizing oluvchi lizing beruvchiga va sublizing oluvchi lizing oluvchiga
aylanadi. Sublizing muddati dastlabki lizing shartnomasida ko‗ rsatilgan muddatdan
oshib ketmasligi lozim.