K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Sotuvchi  – bu lizing beruvchiga lizing ob‘ektini sotgan shaxs (sub‘ekt).  Lizing ob‟ekti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Sotuvchi 
– bu lizing beruvchiga lizing ob‘ektini sotgan shaxs (sub‘ekt). 
Lizing ob‟ekti
–bu iste‘ mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan, 
korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari 
hamda boshqa ko‗ char va ko‗chmas mulk. Yer uchastkalari va boshka tabiat ob‘ektlari, 
shuningdek erkin muomalada bo‗lishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan yoki muomalada 
bo‗lishining maxsus tartibi belgilangan mol-mulk ( masalan, harbiy texnika, qurol-
aslahalar, xom-ashyo va materiallar, tovarlar, pul mablag‗lari, qimmatli kog‗ozlar va shu 
kabilar) lizing ob‘ ekti bo‗lishi mumkin emas.
Lizing moliyaviy va operativ ( joriy ) lizingga bo‗linadi. 
Moliyaviy lizing – 
bu lizingni shunday turi bo‗lib, unda lizing ob‘ ektiga mulkiy
huquq va undan kelib chiqadigan risk va manfaatdorlikning asosiy qismi lizing 
shartnomasiga muvofiq lizing oluvchiga o‗tadi. Lizingni ushbu turida lizing shartnomasi 
muddatini tugashi bilan lizing ob‘ekti lizing oluvchining mulkiga o‗tadi, agarda 
shartnomada boshqa holat ko‗zda tutilmagan bo‗lsa. Moliviy lizing deb tan olinish uchun 
lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak: 
lizing muddati tugagach, lizing ob‘ekti lizing oluvchining mulkiga o‗ tsa; 
lizing shartnomasi muddati lizing ob‘ektining xizmat muddatidan 80 % dan 
ortig‗ini tashkil qilsa yoki lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing ob‘ektining qoldiq 
qiymati uning boshlang‗ich qiymatining 20 % dan kamini tashkil etsa ; 
lizing oluvchi lizing ob‘ektini qat‘iy belgilangan narxda sotib olish huquqiga ega 
bo‗lsa; 
lizing shartnomasi davridagi to‗lovlarning umumiy summasi lizing ob‘ekti 
qiymatining 90 % idan ortig‗ini tashkil qilsa. 
Operativ ( joriy ) lizing
– bu lizingni shunday turi bo‗lib, unda tuzilgan lizing 
shartnomasi moliyaviy lizing shartnomasiga qo‗ yilgan talablarning birontasiga ham
to‗g‗ri kelmasligi kerak. Operativ lizingning muddati , odatda, bir yildan oshmaydi
ushbu muddat tugagach lizing ob‘ekti lizing oluvchidan lizing beruvchiga qaytariladi. 
Lizing beruvchi lizing ob‘ektini o‗z balansidan chiqarmaydi, lizing oluvchi esa uni o‗z 
balansiga qabul etmaydi. Demak, operativ lizingda lizing beruvchi lizing oluvchiga lizing 
ob‘ektidan vaqtinchalik foydalanish huquqini hak tulash sharti bilan beradi. Lizing 
shartnomasi muddati tugashi bilan lizing ob‘ekti lizing oluvchidan lizing beruvchiga 
qaytariladi.
Sublizing-
bu lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchining roziligi bilan lizing 
oyu‘ektini boshqa uchunchi shaxs (sub‘ekt)ga ijaraga berilishi. Bunda lizing beruvchi
sotuvchiga, lizing oluvchi lizing beruvchiga va sublizing oluvchi lizing oluvchiga 
aylanadi. Sublizing muddati dastlabki lizing shartnomasida ko‗ rsatilgan muddatdan 
oshib ketmasligi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin