72
Xl = Aq – Lq (3)
Asosiy vositalarni likvidatsiya qilish natijasida ko‗rilgan zarar yoki harajatlar
korxonaning asosiy faoliyatiga bevosita aloqador hisoblanmaydi.
Shuning uchun
likvidatsiya bilan bog‗liq harajatlarni va likvidatsiya natijasida ko‗rilgan zararlarni
to‗g‗ridan-to‗g‗ri ishlab chiqarish yoki sotish harajatlariga qo‗shib bo‗lmaydi. Shuning
uchun likvidatsiya natijalarini aniqlash va hisobga olish uchun schetlar
rejasidagi maxsus
9210 «Asosiy vositalarning chiqimlari» scheti ko‗zda tutilgan. Ushbu schetning debetida
likvidatsiya qilingan asosiy vositalarning boshlang‗ich qiymati (Bq), likvidatsiya qilish
uchun qilingan harajatlar (Lx) jamlanadi. Bu schetning kreditida jamlangan amortizatsiya
(Aj), likvidatsiya natijasida olingan moddiy aktivlarning qiymati (Lq) va likvidatsiya
natijasida ko‗rilgan umumiy zararni (harajatlarni) hisobdan chiqarish aks ettiriladi.
Mahsulot (ish,xizmat)ni ishlab chikarish va sotish buyicha harajatlar tarkibi va moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida Nizomga muvofiq likvidatsiyadan ko‗rilgan
zarar korxonaning asosiy faoliyatiga doir bo‗lmagan boshqa
turdagi davr harajatlariga,
bir vaqtning o‗zida foyda solig‗ i bazasiga qayta qo‗shiladigan harajatlarga kiritiladi.
Hisob siyosatida likvidatsiyaga doir harajatlarni va likvidatsiya natijasida ko‗rilgan
zararlarni harakatdagi qonunlar, BHMS lar va Nizomga mos ravishda yagona tartibda
ochib berishga erishish uchun ularni qo‗ yidagi shartli misolda ko‗rib chiqaylik.
Aytaylik, korxona avariya holatiga kelib qolgan binoni likvidatsiya qildi. Binoning
boshlang‗ich qiymati (Bq) – 650000 so‗ m. Likvidatsion qiymat ko‗zda tutilmagan.
Likvidatsiya sanasiga jamlangan amortizatsiya (Aj) – 550000 so‗ m. Likvidatsiya
harajatlari (Lx):
qulatish krani xizmati -30000 so„ m, yoqilg„i sarfi- 3000 so„m ,
hisoblangan ish haqi harajatlari-20000 so„m, ijtimoiy sug„artaga ajratmalar
- 7740
so„m. Likvidatsiya
natijasida qabul qilingan va baholangan qurilish materiallari – 95000
so‗ m.
Likvidatsiya natijalari korxonaning hisob siyosatida qo‗ yidagi
tarzda yoritilishi
kerak.
1. Asosiy vositani boshlang„ich qiymatini (Bq) hisobdan chiqarish
Dostları ilə paylaş: