Axborot berish funksiyasi – bu ichki va tashqi foydalanuvchilarni xo‗jalik
faoliyati, uning mablag‗lari, mablag‗larni tashkil topish manbalari, faoliyat natijalari
to‗g‗risidagi axborotlar bilan ta‘ minlash. Foydalanuvchilarga beriladigan axborotlar
qo‗ yidagi talablarga javob berishi kerak:
Reallik – beriladigan axborotlarni aniq boshlang‗ich hujjatlarga asoslanganligi;
O‗z vaqtidalilik – axborotlarni foydalanuvchilarga kerakli vaqtda yetkazish;
Batafsillik- axborotlarni foydalanuvchilarga ularning talablarini qoniqtiradigan
mazmunda berish;
Neytrallik – axborotlarni foydalanuvchilarga bir-birini huquqlariga putur
yetkazmasdan berish;
Xo‗jalik hisobi beradigan axborotlar xalq xo‗jaligining barcha bo‗g‗inlarini
strategig va taktik boshqarish vositasi, o‗tqaziladigan iqtisodiy tahlil va auditning asosiy
manbai, nazorat qilish quroli hisoblanadi.
Nazorat – bu yuz bergan, berayotgan va beradigan xodisa va jarayonlarni
qonuniyligi, haqqoniyligi va to‗ g‗ri rasmiylashtirilganligini tekshirish. Xo‗jalik hisobi
tomonidan olib boriladigan nazoratni asosan uchta turga bo‗lish mumkin:
Dastlabki nazorat Joriy nazorat
Keyingi nazorat
Dastlabki nazorat – xo‗jalikda yuz bergan va beradigan xodisa va operatsiyalarni
qonuniyligi, ular bo‗ yicha tayyorlangan boshlang‗ich hujjatlarni to‗g‗riligini ularni
imzolash chog‗ida tekshirish.
Joriy nazorat – yuz bergan jarayon va operatsiyalarni ular bo‗ yicha tuzilgan
hisobotlarni qabul qilish chog‗ida tekshirish.
Keyingi nazorat – xo‗jalikda yuz bergan jarayon va operatsiyalarni, mablag‗lar
holatini inventarizatsiya qilish, taftish o‗tkazish, taqqoslama dalolatnomalarni tuzish
yo‗ llari bilan tekshirish.