15
olingan foyda yoki zarari, sotish jarayonining harajatlari, unga doir soliqlar va boshqa
ko‗rsatkichlar hisobga olinadi.
Buxgalteriya hisobining birinchi guruh ob‘ekti bo‗lib hisoblangan xo‗jalik faoliyati
faqatgina uni tashkil etuvchi jarayonlarni doimiy va uzliksiz ravishda amalga oshirib
borgan holda mavjud bo‗ladi. Bu jarayonlarni bir birisiz tasavvur etib bo‗lmadi,
chunonchi ta‘ minotsiz ishlab chiqarish, ishlab chiqarishsiz esa sotish jarayoni amalga
oshmaydi. Sotish bo‗lmasa korxonaga pul kelib tushmaydi, pulsiz esa ta‘ minot, ishlab
chiqarish jarayonlarini yangidan takrorlab va rivojlantirib bo‗lmaydi. Bundan xulosa
qilsa bo‗ladiki, xo‗jalik faoliyati mablag‗ larni usliksiz aylanishidan va ko‗payib
borishidan iboratdir. Buyuk iqtisodchi Karl Marks xo‗jalik faoliyati jarayonlarini
kapitalning aylanishi deb e‘tirof etib, uni o‗zining «Kapital» asarida quyidagicha
ifodalagan edi.
Dostları ilə paylaş: