K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl)



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə108/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl) 

Hisobotning asosiy maqsadi bo‘lib qurilish tashkiloti hisobot davrida yuz


bergan pul oqimlari (kirim va chiqim), shuningdek pul mablag‘larining davr boshi
va oxiridagi holati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot ikki bo‘limdan iborat. Uning birinchi
bo‘limida milliy valyutadagi pul mablag‘larining holati va harakati, ikkinchi
bo‘limida esa chet el valyutasidagi pul mablag‘larining holati va harakati
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmy e’lon qilgan kursi bo‘yicha
milliy valyutada aks ettiriladi.
Hisobotda pul oqimlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar qurilish tashkiloti pul
oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha ifoda etadi:
1. Asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha. Bu bo‘limda bajarilgan qurilish
ishlari, sotilgan tayyor mahsulot uchun tushumlar, tovar-moddiy boyliklar, ish va
xizmatlar uchun ta’minotchi va pudratchilarga to‘langan to‘lovlar, xodimlar
nomidan to‘langan daromad solig‘i va boshqa to‘lovlar, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha
to‘lovlar, shuningdek asosiy faoliyatga doir boshqa turdagi to‘langan pul
mablag‘lari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (010-050 satrlar) aks
ettiriladi. Chet el valyutasidagi asosiy faoliyatga doir pul mablag‘larining kirim va
chiqimi ma’lumotnomaning 261, 262, 264, 271, 273-ustunchalarida ko‘rsatiladi.
2.Investitsiya faoliyati bo‘yicha. Ushbu bo‘limda asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar, shuningdek uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish


hamda sotishga doir pul oqimlari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida


(060-100 satrlar) ko‘rsatiladi.
3.Moliyaviy faoliyat bo‘yicha. Bu bo‘limda olingan va to‘langan foizlar,
olingan va to‘langan dividendlar, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni
sotishdan olingan tushumlar, xususiy aksiyalarni sotib olishga sarflangan pul
mablag‘lari, uzoq va qisqa muddatli kreditlar va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va
to‘lovlari, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo‘yicha pul tushumlari va
to‘lovlari, moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari mos ravishda
kirim va chiqim ustunchalarida (110-180 satrlar) ko‘rsatiladi. Chet el valyutasidagi
moliyaviy faoliyatga doir pul mablag‘larining kirim va chiqimi ma’lumotnomaning
263, 272- ustunchalarida ko‘rsatiladi.
Hisobotda daromad (foyda) va boshqa soliq to‘lovlari alohida bo‘limda (190-
210 satrlar) ko‘rsatiladi.
Har bir bo‘limdan keyin hisobotning alohida satrlarida faoliyat turi bo‘yicha
sof pul kirimi/chiqimi ko‘rsatiladi. Bu qurilish tashkilotida har bir faoliyat bo‘yicha
hisobot davrida ko‘proq kirimga yoki chiqimga erishganlikni aniqlashga imkon
beradi.
Hisobotning alohida satrida (220-satr) qurilish tashkilotining moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatining jami sof pul kirim/chiqimi barcha faoliyat turlari bo‘yicha
birgalikda ko‘rsatiladi. Buning uchun barcha faoliyat turlari bo‘yicha pul
tushumlari va to‘lovlarining guruhlangan summalari (050,100, 180, 210-satrlar)
ning farqi ( +,- ) mos ravishda kirim yoki chiqim ustunida aks ettiriladi.
Hisobotning oxirgi ikkita satrida (230 va 240-satrlar) mos ravishda hisobot
davrning boshi va oxirida mavjud pul mablag‘larining qoldiq summalari
ko‘rsatiladi. Bunda 240-satrda ko‘rsatilgan pul mablag‘larining oxirgi qoldig‘i
230-satrda ko‘rsatilgan pul mablag‘larining bosh qoldig‘i va 220-satrda
ko‘rsatilgan hisobot davridagi pul mablag‘larining sof kirim/chiqim summalari
yig‘indisi yoki ayirmasiga teng bo‘lishi lozim.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot pul mablag‘lari hisobi uchun mo‘ljallangan
schyotlar (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) ma’lumotlari asosida tuziladi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin