K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl)



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə109/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl) 

Ushbu hisobotning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga qurilish tashkilotining


xususiy kapitalining holati va uning o‘zgarishi to‘g‘risida pul o‘lchov birligidagi
ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
Hisobot to‘qqizta ustunchadan iborot. Uning 1 va 2-ustunlarida hisobotning
ko‘rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Hisobotning
3-8 ustunlari xususiy kapitalning alohida turlarining holati va harakatiga doir
ma’lumotlarni aks ettirishga mo‘ljallangan.
Hisobotning har bir satrida xususiy kapitalning holati, ko‘payishi va
kamayishi, shuningdek turli boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar
xususiy kapitalning elementlarini hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlardan (8300,
8400, 8500, 8600, 8700, 8800) olinadi.




Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma 
(2a- shakl) 

Ushbu ma’lumotnomaning asosiy maqsadi – qurilish tashkilotining hisobot


davri oxiriga bo‘lgan debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotlarni
turli belgilari bo‘yicha guruhlab ko‘rsatish. Ma’lumotnoma 12 ta ustunchadan
iborot. Uning 2- ustunida debitorlar va kreditorlarning nomi, 3-ustunchada jami
umumiy qarzlar, 4-ustunchada jami qarzlardan muddati o‘tgani ko‘rsatiladi.
Ma’lumotnomaning 5-12 –ustunchalari qurilish tashkilotiga taalluqli bo‘lmagan
sabablar bo‘yicha vujudga kelgan qarzlar to‘g‘risida axborotlarni berishga
mo‘ljallangan, jumladan:
5- va 6- ustunchalarda bunday qarzlarning mos ravishda jami va muddati
o‘tgan summasi;
7- va 8- ustunchalarda xukumat qaroriga asosan oldindan xaq to‘lamay
bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha qarzlarning mos ravishda jami va muddati
o‘tgan summasi;
9-va 10- ustunchalarda davlat resurslari va jamg‘armalaridan ko‘zga tutilgan
xom-ashyo va materiallar bo‘yicha o‘tqazilgan bank to‘lovlarining mos ravishda
jami va muddati o‘tgan summasi;
11- ustunchada xukumat qarori bo‘yicha kechiktirilgan qarzlar;
12-ustunchada qonun hujjatlariga muvofiq bildirilgan da’volar bo‘yicha sud
jarayonida ko‘rib chiqilayotgan yoki xo‘jalik sudi tomonidan kreditorlardan
undirish to‘g‘risida qaror chiqqan qarzlar summasi ko‘rsatiladi.
Ma’lumotnomada ko‘rsatilgan debitorlik qarzlarning umumiy summasi
buxgalteriya balansining 110 va 210- satrlaridagi summalariga (alohida
bo‘linmalarning qarzlaridan tashqari), shuningdek kreditorlik qarzlarning umumiy
summasi buxgalteriya balansining 491 va 601-satrlaridagi summalariga mos
kelishi shart.
Moliyaviy hisobotga yozilgan tushuntirish xatida qurilish tashkilotining hisob
siyosatidagi o‘zgarishlarning sabablari, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida mavjud
salbiy jihatlar, jumladan xo‘jalik faoliyatini zarar bilan yakunlashga olib kelgan
sabablar
ochib
beriladi.
Bunday
tushuntirishlar
moliyaviy
hisobot
foydalanuvchilarini qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashda, shuningdek ular
tomonidan hisobot asosida to‘g‘ri boshqaruv qarorlar qabul qilinishida muhim
ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin