12. 7-testda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha brigada a’zolariga
hisoblangan ish haqidan jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotiga 1 foizlik
ushlanma summasiga buxgalteriya yozuvi beriladi:
a) Debet 6710 Kredit 6990 6000 so‘m;
b) Debet 6710 Kredit 6410 6000 so‘m;
v) Debet 6410 Kredit 6520 6000 so‘m;
g) Debet 6720 Kredit 6410 6000 so‘m
13. 7-testda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha brigada a’zolari qo‘liga
tekadigan jami ish haqi summasini toping:
a) 459000 so‘m;
b) 465000 so‘m;
v) 480000 so‘m;
g) 474000 so‘m
MAVZUNI CHUQUR O‘RGANISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN
ME’YORIY-HUQUQIY HUJJATLAR VA ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
1.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. –T.: «Iqtisodiyot va huquq
dunyosi» nashriyot uyi, 2004.
2.«Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish va sotish harajatlarining tarkibi
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom». O‘zR
VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan.
3.BHMS № 21 «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik
faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma».
O‘z.R. AV tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda ro‘yxatga olingan, № 1181.
4.Bobojonov O., Jumaniyazov K. Moliyaviy hisob.- T.: «Moliya», 2002.
5.Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda
buxgalteriya hisobi
xususiyatlari. - T.: «O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi
nashriyoti», 2004.
6.Xasanov N.X., Xaydarov Sh.U. va boshqalar. Korxonalarda ish haqi.–
T.:«Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2003.
Dostları ilə paylaş: