K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Debet 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» Kredit



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə66/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Debet 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
(2) yordamchi ishlab chiqarishdan yarim tayyor mahsulotlar olinganda: 
Debet 2110 «Yarim tayyor mahsulotlar»




Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
(3) yordamchi ishlab chiqarishdan qurilish materiallari, konstruksiyalar, 
moslamalar, xo‘jalik jihozlari olinganda: 
Debet 1000 «Materiallar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
(4) yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining kapital investitsiya sifatida tan 
olinganda: 
Debet 0890 «Boshqa kapital quyilmalar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
(5) yordamchi ishlab chiqarish harajatlari summasini asosiy ishlab chiqarish 
harajatlariga kiritilganda: 
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
(6) yordamchi ishlab chiqarish harajatlarini davr harajatlari hisobi 
schyotlariga o‘tqazilganda: 
Debet 9400 «Davr harajatlarini hisobga olib boruvchi schyotlar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
Yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining asosiy ishlab chiqarish
harajatlariga hisobdan chiqarilishi uning alohida moddalarini aniq qurilish
ob’ektlari tannarxiga bevosita olib borish yoki hisob siyosatida keltirilgan tartibga
muvofiq taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Yordamchi ishlab chiqarish harajatlari va ular taqsimotining analitik hisobi
har bir yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s
jurnal-orderda alohida yuritiladi.

3. Qurilish tashkilotlarida umumishlab chiqarish harajatlarining hisobi 
va ularning taqsimoti 

Qurilish tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq


umumishlab chiqarish harakteriga ega bo‘lgan harajatlar hisobini 2500
«Umumishlab chiqarish harajatlarini hisobga oluvchi schyotlar» tizimida alohida
olib borishlari mumkin. Ushbu schyotlar tizimida ochiladigan maxsus schyotlarda,
chunonchi, quyidagi harajatlar aks ettiriladi:
a) qurilish mashinalari va uskunalarini saqlash hamda ularni ekspluatatsiya
qilish harajatlari;
b) ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlarning amortizatsiya ajratmalari;
b) ishlab chiqariga doir asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari;
v) ishlab chiqarishdagi mol-mulkni sug‘urtalash harajatlari;
g) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash harajatlari;
d) ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga olish
harajatlari;
e) ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishlab chiqarish
xodimlariga hisoblangan mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
j) umumishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa harajatlar.


Hisobot oyi moboynida 2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari»


schyotining debetida va mos ravishdagi boshqa schyotlarning kreditida nomlari
yuqorida zikr etilgan harajat moddalari bo‘yicha ma’lumotlar jamlanadi. Oy
oxirida ushbu schyotning debetida to‘plangan harajatlar qurilish tashkiloti hisob
siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy ishlab chiqarish (2010 schyot) va
yordamchi ishlab chiqarish (2310 schyot) harajatlariga olib boriladi. Umumishlab
chiqarish harajatlarini taqsimlash tartibini ularning alohida moddalari misolida 2-
mavzuda ko‘rib chiqqan edik. Xuddi shunga o‘xshash yoki qabul qilingan boshqa
tartiblarga ko‘ra umumishlab chiqarish harajatlarining qolgan moddalari ham mos
ravishdagi qurilish ob’ektlari o‘rtasida taqsimlanishi lozim.
Umumishlab chiqarish harajatlari va ular taqsimotining analitik hisobi
umumishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s jurnal-
orderda alohida moddalari bo‘yicha yuritiladi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin