K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


 Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə67/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

4. Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish
usullari 

Qurilish tashkilotlarida qurilish ishlarining reja tannarxi, normativ tannarxi va


haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi. Reja yoki normativ tannarx, odatda, qurilish
ishlari boshlanishidan oldin hisob-kitob qilinadi. Haqiqiy tannarx qurilish ishlari
yakunlanganda va buyurtmachilarga topshirilayotganda aniqlanadi.
Qurilish ishlarining reja, normativ va haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish
bir qancha maqsadlarda, chunonchi: (1) qurilish ishlariga ketishi kerak bo‘lgan va
haqiqatda ketgangan sarf-harajatlar summasini; (2) tugallanmagan qurilish qiymati
(tannarxi)ni; (3) qurilish ishlari sotish tannarxini; (4) sotishdan kutilayotgan va
haqiqatda olingan yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) summasini aniqlash
uchun amalga oshiriladi. Shuningdek, qurilish ishlari haqiqiy tannarxini
kalkulyatsiya qilish reja tannarx yoki normativ tannarxga nisbatan yuz bergan
chetlanishlarni aniqlashga, ushbu chetlanishlar bo‘yicha tegishli boshqaruv
qarorlarini qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham, qurilish
ishlari haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish qurilish jarayonini hisobga olishning
yakuniy bosqichida bajariladigan zarur ishlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi turli usullarda kalkulyatsiya qilinishi
mumkin. Amaliyotda eng keng tarqalgan usullar bo‘lib buyurtmali, jarayonli va
hissali (tugallanish foizi) usullari hisoblanadi.
Buyurtmali usulda bajarilgan har bir qurilish ishi harajat ob’ekti sifatida
qaraladi. Uning haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish qurilish ob’ektiga
(buyurtmaga) ochilgan 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida to‘plangan hisob
ma’lumotlari asosida ob’ekt (ish) buyurtmachiga topshirishgandan keyin amalga
oshiriladi. Ushbu schyotning debetida alohida korrespondensiyalanuvchi schyotlar
bo‘yicha ko‘rsatilgan yig‘ma ma’lumotlar buyurtmaga ochilgan kalkulyatsiya
kartochkasining tegishli harajat moddalarini to‘ldirishga asos bo‘ladi (5.4-jadval).

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin