K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Debet 9110 «Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi» Kredit



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə81/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Debet 9110 «Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi»
Kredit 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar»
Sotilgan tayyor mahsulotlar bo‘yicha haridorlar bilan hisob-kitoblarning
analitik hisobi 5-s qaydnomada ularning har biri bo‘yicha alohida-alohida
yuritiladi.
2.ASOSIY FAOLIYATDAN FOYDA (Faf) yoki ZARAR (ZAF). Ushbu
ko‘rsatkich quyidagicha topiladi:
Faf (Zaf) = Fs (Zs) –Dx + Bod 
Bu yerda: Dx- davr harajatlari; Bod – asosiy faoliyatdan olingan boshqa
operatsion daromadlar.
Qurilish tashkilotlarining davr harajatlari deganda ular tomonidan
bajarilgan qurilish ishlari, ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlar va ko‘rsatilgan
xizmatlarni sotish, ma’muriy-boshqarish va boshqa operatsion faoliyatga doir
harajatlar tushuniladi. Ushbu harajatlar ma’lum hisobot davrida yuz beradi,
shuning uchun ular hisobot davri harajatlari deb ham ataladi.


21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida davr harajatlarining hisobi


9410 «Sotish harajatlari», 9420 «Ma’muriy-boshqaruv harajatlari», 9430 «Boshqa
operatsion harajatlar» va 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot
davr harajatlari» schyotlarida olib boriladi. Ushbu schyotlarda aks ettiriladigan
harajatlarning tarkibiy elementlari «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va
sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida nizom»da
keltirilgan. Chunonchi, qurilish tashkilotlarida sotish harajatlarining asosiy
moddalariga reklama harajatlari, mahsulot, ish va xizmatlarni sotish bilan bog‘liq
safar harajatlari, i shva xizmatlarni sotishga oid xodimlarga hisoblangan ish haqi,
ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, tayyor mahsulotlarni sotishga tegishli asosiy
vositalarning eskirishi (amortizatsiyasi) summasi, transport harajatlari va boshqalar
kiradi. Sotish harajatlari 9410 «Sotish harajatlari» schyotining debetida va bu
harajatlarning aniq turini ifodalovchi boshqa schyotlarning (masalan, 1000, 5010,
5110, 6710, 6520, 6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi.
Ma’muriy-boshqaruv harajatlariga qurilish tashkilotining boshqaruv apparati
xodimlariga hisoblangan ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya
harajatlari, safar harajatlari, telefon aloqasi va boshqa shu kabi boshqaruv bilan
bog‘liq harajatlar kiradi. Ma’muriy-boshqaruv harajatlari 9420 «Ma’muriy-
boshqaruv harajatlari» schyotining debetida va aniq harajatlarni ifodalovchi boshqa
schyotlarning (0200, 0500, 1000, 5010, 5110, 6710, 6520, 6990) kreditida aks
ettiriladi.
9430 «Boshqa operatsion harajatlar» schyotida yil mobaynida qurilish
tashkilotlarining umumxo‘jalik faoliyatiga doir davr harajatlari (moddiy yordam,
kompensatsiyalar, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv solig‘i, pensiya fondiga, yo‘l
fondiga, maktablarni rivojlantirish fondiga majburiy ajratmalar, mulkni sotishdan
va berishdan ko‘rilgan zararlar va boshqa shu kabi operatsion harajatlar) aks
ettiriladi. Bunda operatsion harajatlarning aniq moddalarini ifodalovchi boshqa
schyotlar (1000, 5010, 5110, 6400, 6710, 6520, 6990, 9210, 9220) kreditlanadi.
«Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari»
schyotining debetida yil mobaynida qurilish tashkilotlarining kelgusi faoliyatini
rivojlantirishga sarflangan davr harajatlari (yangi ishlab chiqarishni va yangi
texnologiyalarni o‘zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va
boshqa shu kabi operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu turdagi davr harajatlari
soliq qonunchiligiga ko‘ra kelgusi 10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan
maxsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi. Kelgusida soliq bazasidan chegirib
boriladigan harajatlar bu schyotning debetida va boshqa schyotlarning (masalan,
1000, 5110, 5010, 6010, 6710, 6520, 6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi.
Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlarini o‘zgarishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus balansdan tashqari 012 «Kelgusida soliq
bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari» schyotida belgilangan muddatda
ko‘rsatib boriladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin